Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OChL, 2-tur. “Lokomotiv” “Al-Ittihod” maydonida durangga erishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 331           Дата: 2-03-2016, 04:50          
1-mart, seshanba kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” va Toshkentning “Lokomotiv” klublari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi “Championat.asia”.

OChL, 2-tur. “Lokomotiv” “Al-Ittihod” maydonida durangga erishdi

Uchrashuvning 14-daqiqasida Salli Muntai jarima maydoni chizig‘i ustidan kuchli zarba berib gol urdi — 1:0. 80-daqiqada Oleg Zoteyev penalti ishladi. 11 metrli jarima to‘pini Temurxo‘ja Abduxoliqov aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi — 1:1. Shu hisob o‘yinda oxirigacha o‘zgarmadi. Ushbu jamoalar bir hafta oldin Toshkentda ham 1:1 natijasini qayd qilgandi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda BAAning “Al-Nasr” klubi o‘z uyida Eronning “Sepaxon” jamoasini 2:0 hisobida taslim qildi.

Ayni vaqtga kelib “A” guruhida qiziqarli holat vujudga keldi. Guruhdagi to‘rtala jamoa ham ikkitadan gol urib, ikkitadan gol o‘tkazib yuborgan. “Sepaxon” va “Al-Nasr” hisobidagi ochkolar 3 tani, “Al-Ittihod” va “Lokomotiv”da esa 2 tani tashkil qilmoqda.

OChL, “A” guruhi 2-tur

1-mart, seshanba

“Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) — “Lokomotiv” (O‘zbekiston) — 1:1 (1:0)

Gol: Salli Muntari (14) — Temurxo‘ja Abduxoliqov (80-penalti).

“Al-Ittihod”: 12.Assaf Al Qarni, 4.Salli Muntari, 9.Gelmin Rivas, 10.Abdulfattoh Asiri (44.Muxtor Fallatah, 82), 13.Ahmad Asiri , 15.Jamol Bajandux, 27.Avad Al Yami (33.Yosir Al Nakxli, 46), 29.Lusian Sanmartin, 30.Ziyod Abdulvohid, 49.Abdulrahmon Al Gamdi (7.Ahmad Al Natxiri, 70), 51.Majid Al Haybari.

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmayev (29.Quvondiq Ro‘ziyev, 66), 13.Nemanya Yanichich, 15.Sardor Mirzayev, 18.Temur Kapadze (7.Sadriddin Abdullayev, 90+1), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 28.Ikrom Aliboyev (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 46), 33.Oleg Zoteyev, 37.Sherzod Fayziyev.

Ogohlantirishlar: Avad Al Yami (40) — Nemanya Yanichich (48), Kaxi Maxaradze (90+2).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн