Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Ertangi kun sporti” futbol musobaqasida O‘zbekiston U-16 termasi Turkmanistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 281           Дата: 1-03-2016, 19:55          
Yaponiya futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Ertangi kun sporti” futbol festivali bugun, 1-mart kuni start oldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Ertangi kun sporti” futbol musobaqasida O‘zbekiston U-16 termasi Turkmanistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Turnirning dastlabki o‘yinida Temur Olimxo‘jayev boshchilik qilayotgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Turkmaniston U-16 termasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yinni to‘laligicha o‘z nazorati ostida o‘tkazgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘yinni yirik — 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunladi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Rasul Yo‘ldoshev uzatib bergan to‘pni Alfayzi Ne’matov boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Birinchi bo‘lim nihoyasida Shuhrat Ne’matov raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borib, darvoza tomon xavf solgan pallada qo‘pollik bilan to‘xtatildi. 11 metrlik jarima to‘pini Abubakr Mo‘ydinov noaniq amalga oshirdi va birinchi bo‘lim 1:0 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim esa gollarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi tarkibida harakat qilgan Bahrom Soatov, Shuhrat Ne’matov, Asadbek Sobirjonov hamda Abdunozir Abdurahmonov o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi. Turkmaniston o‘smirlari 11 metrlik jarima to‘pidan birgina gol kiritdi. Ushbu golga Meylis Xoshmiradov mualliflik qildi — 5:1.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ushbu xalqaro o‘rtoqlik turnirini g‘alaba bilan boshladi.

“Ertangi kun sporti—2016”

01.03.2016, Toshkent, “Jar” stadioni

O‘zbekiston U-16 – Turkmaniston U-16 — 5:1 (1:0)

Gollar: Alfayzi Ne’matov (30), Bahrom Soatov (55), Shuhrat Ne’matov (64), Abdunozir Abdurahmonov (76), Asadbek Sobirjonov (68) — Meylis Xoshmiradov (76-pen.)

O‘zbekiston U-16: 12.Jasurbek Umrzoqov (1.Xojiakbar Jo‘rayev, 80), 3.Shoxzamon Xayrullayev, 4.Ixtiyor Xoldorov, 7.Oston O‘runov, 8.Valeriy Akopov (36.Shuhrat Ne’matov, 30) (6.Mardon Abdullayev, 69), 9.Bahrom Soatov (23.G‘ayrat Azizxo‘jayev, 76), 10.Rasul Yo‘ldoshev, 11.Asadbek Sobirjonov (14.Ibrohim G‘anixonov, 80), 16.Alfayzi Ne’matov (32.Abdunozir Abdurahmonov, 57) , 17.Abubakir Mo‘ydinov, 19.Islom Karimov.

Turkmaniston U-16: 1.Botir Gayliyev, 8.Botir Tachnazarov, 7.Seyran Berdinazarov, 4.Roman Galkin, 11.Meylis Xoshmiradov, 5.Mirza Beknazarov, 14.Ahmat Gurbanov, 2.Sahetmurad Rejebov, 12.Gurbanmamet Guliyev, 15.Umut Nazarov, 18.Atamurot Ramazonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 16.Denis Ikonnikov, 3.Garli Garliyev, 9.Xakmurat Annabayramov, 13.Meylis Diniyev, 6.Ezizxan Keshayev.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron hamda Yaponiyaning 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilaridan tashkil topgan terma jamoalari ishtirok etadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн