Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Manchester Yunayted”ning 18 yoshli hujumchisi Markus Reshford maktabga qatnashda davom etadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 126           Дата: 1-03-2016, 19:55          
“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Markus Reshford bir necha kunlardan buyon ingliz nashrlarning birinchi sahifasidan joy olmoqda. Dushanba kuni esa u hech narsa bo‘lmagandek yana maktabga qaytdi, deb xabar beradi “ManUtd.ru”.

“Manchester Yunayted”ning 18 yoshli hujumchisi Markus Reshford maktabga qatnashda davom etadi

18 yoshli hujumchi 1476 o‘quvchi qatnaydigan “Eshton-on-Mersi” maktabida tahsil oladi. U maktabga futbol o‘lvochlari bo‘yicha kamtarona hisoblangan Audi A3 mashinasi va “Manchester Yunayted”ning sport kiyimida tashrif buyurdi.

“Markus – og‘ir va bosiq yigit. U ta’lim olish qanchalik muhim ekanini yaxshi biladi. Markus ‘Arsenal’ darvozasiga 10 ta gol urganida ham, bu uning maktabdan qolishiga sabab bo‘lmasdi. Bir hafta avval u ‘Manchester Yunayted’ning asosiy tarkibida ham o‘ynamaganidan xabarimiz bor. ‘Old Trafford’ni bejizga ‘Orzular teatri’ deyishmaydi. U bosiq bo‘lishiga qaramay, ‘Arsenal’ga qarshi kechgan o‘yinda eng yaxshi futbolchi bo‘lib, maktabga qaytishi g‘alati bo‘lsa kerak”, — deb Reshfordning o‘qituvchisi so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Sun nashri.

Qayd etish joiz, “Eshton-on-Mersi” maktabining homiylaridan biri “Manchester Yunayted” hisoblanadi. Ushbu ta’lim muassasasida “Manchester Yunayted” safida to‘p surgan Darren Fletcher, Denni Uelbek va Jonni Evans tahsil olgan.

Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford “Midtyulland”ga qarshi (5:1) Yevropa Ligasi 1/16 final javob o‘yinida hamda “Arsenal”ga qarshi (3:2) Angliya chempionati 27-turida dubl qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн