Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sergey Lushchan: Ertaga “An-Nassr”ga qarshi hujumkor futbol ko‘rsatamiz

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 461           Дата: 1-03-2016, 00:50          
Ertaga, 1-mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasining “B” guruhi 2-turi doirasida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “An-Nassr” futbolchilarini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil etildi, deb xabar beradi “Bunyodkor” klubi matbuot xizmati.

Sergey Lushchan: Ertaga “An-Nassr”ga qarshi hujumkor futbol ko‘rsatamiz

Matbuot anjumanida dastlab “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- O‘ylaymanki, “An-Nassr”ga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ladi. Yigitlar o‘yinga yuz foiz to‘liq tayyor. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Albatta, dastlabki o‘yindagi 3:1 hisobini qandaydir 12 daqiqa ichida durangga almashish alamli. O‘sha o‘yin uchun futbolchilarning hech biriga e’tiroz bildira olmayman. Chunki hamma qo‘ldan kelganicha harakat qildi. Toshkent safari oldidan “An-Nassr” o‘zining yetakchi futbolchilariga dam berdi. Ular asosan ikkinchi tarkib bilan harakatlanib, “Al-Vahda” bilan durang qayd etdi. Fikrimcha, ular bizga qarshi katta kuch bilan o‘ynaydi. Bizning o‘z o‘yin uslubimiz bor va ertaga hujumkor futbol ko‘rsatamiz. Yigitlar mas’uliyatni his etib turishibdi va bor mahoratini ishga solishga tayyor. “An-Nassr”ga qarshi bahsda Yuritsa Bulyat asosiy tarkibda maydonga tushishi ham mumkin. Biroq, u bugungi kunda o‘yinga to‘liq tayyor emas. Nima bo‘lishini ertaga ko‘ramiz. Darvozabonlarga ham ishonaman. Ha, ular qayerdadir xato qiladi, lekin, ko‘p vaziyatlarda jamoani qutqaradi ham. Shuningdek, hujum chizig‘idagi Nasimov va Nurmatov tandemiga ham ishonch bildiraman. Ularning biri “An-Nassr”ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin, — deydi Sergey Lushchan.

“Bunyodkor” ustozining bildirgan fikrlaridan so‘ng klub yarim himoyachisi Eldor Shomurodov  “An-Nassr”ga qarshi o‘yin borasida oz fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bahsga juda yaxshi tayyorgarlik olib bordik. “An-Nassr” bilan o‘yinda faqat g‘alabani o‘ylab maydonga tushamiz. Mashg‘ulotlarda jiddiy ishlayapmiz. Har qanday vaziyatni golga aylantirishga harakat qilamiz. Imkon qadar ko‘proq gol urishga va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz, — deydi Eldor Shomurodov.

“Bunyodkor” — “An-Nassr” uchrashuvi ertaga, 1-mart kuni “Bunyodkor” stadionida, Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. Uchrashuvni malayziyalik hakamlar guruhi boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, OChL–2016 guruh bosqichining 1-turida “Bunyodkor” Saudiya Arabistonida “An-Nassr” mehmoni bo‘lib, 3:3 hisobida durang qayd etgandi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031