Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Uzbek Tigers jamoasi Butunjahon boks seriyasi doirasida amaldagi chempionni mag‘lubiyatga uchratdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 518           Дата: 28-02-2016, 23:02          
Kecha, 27-fevral oqshomida Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport saroyida Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VI mavsumidan o‘rin olgan navbatdagi janglar o‘tkazildi. Unda Uzbek Tigers jamoasi musobaqaning amaldagi chempioni Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilariga qarshi ringga ko‘tarildi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Uzbek Tigers jamoasi Butunjahon boks seriyasi doirasida amaldagi chempionni mag‘lubiyatga uchratdi

Murosasiz kechgan bahslarda o‘zbekistonlik bokschilar raqiblarini 4:1 hisobida mag‘lub etdi. -49 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov raqibi Temirtas Jusupovni 3:0 hisobida yengdi. -56 kilogramm vazndagi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Abdulhay Shorahmatov ham raqibi Meirbolat Toitovni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

-64 kilogramm vaznda ringga chiqqan Fazliddin Meliboyev raqibi Asxat Ualixanovni 3:0 hisobida taslim etdi. -75 kilogramm vazndagi O‘zbekiston vakili Xurshid Normatov Meyirim Nursultanovga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, -91 kilogramm vazndagi Mirzabek Hasanov esa Yerkin Muhamedjanni 3:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Shu tariqa, Uzbek Tigers jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, 26-fevral, juma kuni o‘tkazilgan janglarda Uzbek Tigers jamoasi Puerto-Rikoning Puerto Rico Hurricanes bokschilarini 5:0 hisobida mag‘lub qilgandi.

Shuningdek, kecha, 27-fevral kuni APB yo‘nalishida tashkil etilgan har ikki jangda ham o‘zbekistonlik bokschilar raqiblarini mag‘lub etishning uddasidan chiqdi. -81 kilogramm vazn toifasidagi O‘zbekiston vakili Zuhriddin Mahkamov ruminiyalik Aleksandr Machedonni 3:0, +91 kilogramm vazndagi o‘zbekistonlik Ulug‘bek Mubinov esa murosasiz kechgan jangda xorvatiyalik Marin Mindolevichni 3:0 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн