Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

APL, 27-tur. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Arsenal”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 587           Дата: 28-02-2016, 23:02          
Bugun, 28-fevral kuni Angliya Premyer-ligasi 27-tur markaziy o‘yinida “Manchester Yunayted” jamoasi “Old Trafford” stadionida “Arsenal” futbolchilarini qabul qildi. Unda mankunianlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar beradi “Sports.ru”.

APL, 27-tur. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Arsenal”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Dastlabki bo‘limning 29-daqiqasida “Manchester Yunayted”ning 18 yoshli hujumchisi Markus Reshford hisobni ochgan bo‘lsa, 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas uning o‘zi hisobni oshirdi. 40-daqiqada “to‘pchilar” Denni Uelbekning boshi bilan kiritgan goli evaziga hisobni qisqartirdi – 2:1.

Ikkinchi bo‘lim ham anchagina qiziqarli o‘tdi. 65-daqiqada Ander Errera jamoadoshi Markus Reshfordning uzatmasidan so‘ng Petr Chex qo‘riqlayotgan darvoza tomon zarba yo‘lladi. Uning zarbasi “Arsenal” himoyachisi Loran Kosyelniga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘p darvoza to‘ridan joy oldi. 69-daqiqada Mesut O‘zil hisobni qisqartirishga erishdi, ammo ushbu gol o‘yinda so‘nggisi bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Manchester Yunayted” jamoasi ochkolar sonini 44 taga yetkazib, turnir jadvalida beshinchi o‘rindan joy oldi. “Arsenal” klubi 51 ochko bilan uchinchi pog‘onada qolib ketdi.

Angliya Premyer-ligasi, 27-tur

“Manchester Yunayted” – “Arsenal” – 3:2 (2:1)

Gollar: 1:0 – 29 Reshford, 2:0 – 32 Reshford, 2:1 – 40 Uelbek, 3:1 – 65 Errera, 3:2 – 69 O‘zil.

“Manchester Yunayted” – De Xea, Blind, Varela, Roxo (Fosu-Mensa, 55), Kerrik, Errera (Ueyr, 90), Shnayderlin, Lingard, Mata, Depay, Reshford (Yanuzay, 80).

“Arsenal” – Chex, Kosyelni, Monreal, Gabriel, Belyerin, Koklen (El-Nenni, 70), O‘zil, Uolkott (Jiru, 63), Remzi, Sanches, Uelbek (Ivobi, 83).

Ogohlantirishlar: Varela (9), Kerrik (22), Remzi (71), Errera (72), El-Nenni (73), O‘zil (90), Yanuzay (90).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн