Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik bokschi Xurshid Tojiboyev Sofiyadagi “Stranja” turnirida mag‘lubiyatga uchradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 990           Дата: 27-02-2016, 02:50          
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha an’anaviy “Stranja” xalqaro turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiga tayangan holda “Olamsport” xabar bermoqda.

O‘zbekistonlik bokschi Xurshid Tojiboyev Sofiyadagi “Stranja” turnirida mag‘lubiyatga uchradi

O‘z tarixida 67-marotaba o‘tkazilayotgan musobaqada dunyoning 40 dan ziyod davlatidan 300 nafarga yaqin bokschilar ishtirok etyapti. Ular orasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham bor.

-69 kg vaznda o‘zbekistonlik Mahmud G‘oipov koreyalik raqibi Don Jin Li ringga chiqmaganligi sababli jangsiz nimchorak finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda u italiyalik Vinchenzo Mangiakarpega qarshi bahs olib bordi. 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik bokschi chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

-91 kg vazndagi o‘zbekistonlik bokschi Sardorbek Begaliyev shvetsiyalik Gabriel Richardsni 3:0 hisobida dog‘da qoldirib, chorak finalga chiqdi. Eng og‘ir (+91 kg) vazn toifasidagi O‘zbekiston vakili Mirzohidjon Abdullayev irlandiyalik bokschi Tomas Kartini 3:0 hisobida yengdi va u ham chorak finalga chiqdi.

Erkak bokschilar orasida O‘zbekiston vakillaridan faqatgina Xurshid Tojiboyev nimchorak finalda mag‘lubiyatga uchradi. – 60 kg vazn toifasida Rio–2016 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi ilk davrada qozog‘istonlik Jaksilik Ilyasovni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Nimchorak finalda u yana bir qozog‘istonlik bokschi, Dmitriy Polyanskiyga qarshi ringga ko‘tarildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ushbu musobaqada uch nafar o‘zbekistonlik ayol bokschilar ham ishtirok etyapti. -51 kg vazndagi Yodgoroy Mirzayeva turkiyalik Istik Neyrimanni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, nimchorak finalda u norvegiyalik Mariel Xansen ustidan ham xuddi shu hisobda ustun keldi va chorak finalga yo‘l oldi. Mahfuzaxon Ergasheva (-60 kg) va Nafisaxon Asqarova (-75 kg) esa raqibalariga yutqazib qo‘ydi.

Ma’lumot o‘rnida, “Stranja” xalqaro turnirining final janglari 27-fevral kuni o‘tkaziladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн