Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Nasaf” OChL–2016 guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 946           Дата: 25-02-2016, 12:40          
24-fevral, chorshanba kuni Jidda shahridagi “Qirol Abdulloh Sports” stadionida Qarshining “Nasaf” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

“Nasaf” OChL–2016 guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi

Uchrashuvning 2-daqiqadasida “Al-Ahli” himoyachisi Abdulhakim al-Fatil burchakdan uzatilgan to‘pni qarshiliklar darvozasiga kiritib, hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqaga kelib Bobur Abduxoliqov oradagi muvozanatni tikladi.

O‘yinning 47-daqiqasi “Al-Ahli” hujumchisi Omar al-Soma jamoadoshi Hussayn al-Mugavi tomonidan uzatilgan to‘pni boshi bilan Eldorbek Suyunov egallab turgan darvoza to‘g‘rilab qo‘ydi – 2:1. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Ushbu o‘yinda “Nasaf” yarim himoyachisi Erkin Boydullayev 75-daqiqada ikkinchi sariq kartochka olgani uchun maydondan chetlatildi.

“D” guruhi doirasida bo‘lib o‘tgan ikkinchi o‘yinda BAAning “Al-Ayn” jamoasi o‘z maydonida Qatarning “Al-Jaish” klubiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o‘yinda qatarlik futbolchilar 2:1 hisobida zafar quchdi. “Al-Jaish” safida to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov mazkur o‘yinda 76 daqiqa maydonda harakat qilib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Guruh bosqichining 2-turida “Nasaf” o‘z maydonida “Al-Ahli”ga qarshi to‘p suradi, “Al-Ayn” esa Qatarda “Al-Jaish” bilan o‘ynaydi. Mazkur uchrashuvlar 2-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

OChL – 2016. “D” guruhi, 1-tur.

“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O‘zbekiston) – 2:1 (1:1)

Gollar: Abdulhakim al-Fatil (2), Omar al-Soma (47) – Bobur Abduxoliqov (29)
“Al Ahli”: Abdulloh Mayuf, Komil Musa, Amiri Kurdi, Muhammad Aman, Abdulhakim al-Fatil (Taysir al-Jassim, 70), Volid Rashid (Salmon al-Moasher, 46), Ioannis Fetfatsidis (Markinyo, 66), Fahad Hamad, Hussayn al-Mugavi, Hassan Siroj, Omar al-Soma.
“Nasaf”: Eldorbek Suyunov, Maqsud Karimov, Ildar Mamatkazin, Aziz G‘aniyev (Azamat Allaniyozov, 58), Shuhrat Muhammadiyev, Ilhom Shomurodov, Dilshod Rahmatullayev, Artur Gevorkyan, Erkin Boydullayev, Sherzod A’zamov, Bobur Abduxoliqov.
Ogohlantirishlar: Hussayn al-Mugavi (89) – Aziz G‘aniyev (38), Erkin Boydullayev (55).
Chetlatish: Erkin Boydullayev (75).

Eslatib o‘tamiz, OChLning guruh bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning boshqa jamoalari — “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” 1-turda durang o‘ynadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031