Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Paxtakor” OChL guruh bosqichini durang bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 632           Дата: 25-02-2016, 08:00          
Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. 24-fevral, chorshanba kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv O‘zMTRK “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

“Paxtakor” OChL guruh bosqichini durang bilan boshladi

Uchrashuvda hisob 60-daqiqada “Al-Hilol”ning faxriy hujumchilaridan biri Yosir al-Qahtoniy tomonidan ochildi. Oradan 10 daqiqa o‘tib OFK tomonidan OChLning umidli futbolchilaridan biri deya e’tirof etilgan “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeyev hisobni tenglashtirdi.

Yosir al-Qahtoniy o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan “Al-Hilol” hujumchisi Yusuf as-Salim o‘yin asosiy vaqti yakunlanishiga olti daqiqa qolganida “Al-Hilol”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 88-daqiqada “Paxtakor” himoyachisi Davron Hoshimov hisobni tenglashtirdi.

“Paxtakor” — “Al-Hilol” uchrashuvi yakuniga yetgan vaqtda mazkur jamoalar o‘rin olgan “C” guruhi doirasidagi ikkinchi uchrashuv Eronda, mahalliy “Traktorsozi” va BAAning “Al-Jazira” jamoalari o‘rtasida davom etayotgan edi. Unda eronlik futbolchilar 2:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi.

Guruh bosqichi 2-turida “Paxtakor” safarda “Al-Hilol”ga qarshi to‘p suradi, “Al-Jazira” esa Abu-Dabida “Traktorsozi”ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvlar 2-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 23-fevral, seshanba kuni O‘zbekistonning boshqa ikki klubi — “Lokomotiv” va “Bunyodkor” ham Saudiya Arabistoni klublariga qarshi maydonga tushgan va har ikkalasi ham raqiblari bilan durang o‘ynagan edi. 24-fevral kuni soat 22:10 da Qarshining “Nasaf” jamoasi safarda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubiga qarshi to‘p suradi.

Osiyo Chempionlar Ligasi
“C” guruhi, 1-tur uchrashuvi
24 fevral, chorshanba

“Paxtakor” (O‘zbekiston) — “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) 2:2 (0:0)
Gollar: Igor Sergeyev (70), Davron Hoshimov (89) — Yosir al-Qahtoniy (60), Yusuf as-Salim (84).
Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov (67), Davron Hoshimov (90+2) — Salim al-Dousariy (57), Saud Xaririy (83), Ahmad Sharahiliy (90).

“Paxtakor”: Nikita Ribkin, Kamoliddin Tojiyev, Adnan Orahovats, Davron Hoshimov, Stanislav Andreyev (Akbar Ismatullayev, 81), Sherzod Karimov (Jaloliddin Masharipov, 67), Vladimir Kozak, Azim Ahmedov, Javohir Sohibov, Jamshid Boltaboyev (Jamshid Iskanderov, 64), Igor Sergeyev.

“Al-Hilol”: Xolid Sharahiliy, Kvak Taye-Xvi, Yosir al-Shahroniy, Muhammad al-Burayk, Ahmad Sharahiliy, Saud Xaririy, Muhammad al-Shlhub (Abdulloh Otayf, 64), Karlos Eduardo, Salmon al-Faraj, Salim al-Dousariy (Abdulaziz al-Dousariy, 90+1), Yosir al-Qahtoniy (Yusuf as-Salim, 74).

  • Saudiya Arabistoni klublariga qarshi maydonga tushgan “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” Twitter’da jahon trendiga chiqdi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031