Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Bunyodkor” OChL—2016 turnirining birinchi turida g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 622           Дата: 24-02-2016, 04:00          
Osiyo Chempionlar Ligasining “B” guruhida ishtirok etayotgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi 1-turni Saudiya Arabistonida “An-Nassr”ga qarshi o‘tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Bunyodkor” OChL—2016 turnirining birinchi turida g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Uchrashuvning 2-daqiqasida saudiyaliklar darvozaboni Abdulloh Al Enazi to‘pni uzoqlashtirishda xatoga yo‘l qo‘ydi, to‘pni egallab olgan Dostonbek Hamdamov chap oyog‘i bilan uzoq masofadan chiroyli tarzda darvozani ishg‘ol qildi — 0:1.

33-daqiqada o‘ng qanotdan Zabixillo O‘rinboyevning havodan uzatib bergan to‘pini Shaker Zuagi boshi bilan darvozaga yo‘lladi — 0:2.

Taymning so‘nggi daqiqasida bosh hakam Rustam Ashurmatov Shaya Sharahilini yiqitdi deb hisoblab, Zuhurov darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima to‘pini Adrian Miyerzejevski aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi — 1:2. Jamoalar tanaffusga mana shu hisob bilan chiqib ketdi.

75-daqiqada Dostonbek Hamdamov raqib himoyachisining xatosidan so‘ng jarima maydoniga kirib bordi va to‘pni o‘ziga to‘g‘rilab olib, kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi — 1:3.

Oradan 5 daqiqa o‘tgach hisob qisqardi. Yahyo Al Shehri jarima maydoni yaqinidan kuchli zarba bilan gol urdi — 2:3. Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida Hussayin Sulaymoni belgilangan jarima to‘pini aniq amalga oshirib, to‘pni Zuhurov qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘lladi — 3:3.

Shu tariqa, “qaldirg‘ochlar” OChL guruh bosqichini safarda durang bilan boshladi. 1-mart kuni “Bunyodkor” “An-Nassr”ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Ushbu guruhdagi ikkinchi o‘yinda Qatarning “Laxviya” klubi Eronning “Zob Axan” jamoasiga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

OChL—2016. “B” guruhi. 1-tur.

“An-Nassr” (Saudiya Arabistoni) — “Bunyodkor” (O‘zbekiston) — 3:3 (1:2)

Gollar: Adrian Miyerzejevski (45 penalti), Yahyo Al Shehri (80), Hussayin Sulaymoni (85) — Dostonbek Hamdamov (3, 75), Shaker Zuagi (33).

“An-Nassr”: Abdulloh Al Enazi, Muhammad Hussayin, Omar Xavsavi, Xolid Al Gamdi, Hussayin Sulaymoni, Ibrohim G‘olib (Muhammad Sahlavi, 46), Abdulaziz Jebrin, Shaya Sharahili (Avad Hamis, 65), Markinos (Yahyo Al Shehri, 62), Adrian Miyerzejevski, Naif Hazazi.

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Akmal Shorahmedov, Akramjon Komilov, Shaker Zuagi, Minori Sato, Eldor Shomurodov (Bahodir Nasimov, 67), Dostonbek Hamdamov (Yuritsa Bulyat, 90+3), Zabihillo O‘rinboyev (Shahzodbek Nurmatov, 51), Rustamjon Ashurmatov, Otabek Shukurov, Aleksandr Alempiyevich.

Ogohlantirishlar: Otabek Shukurov (39), Rustam Ashurmatov (45).

“Laxviya” (Qatar) — “Zob Axan” (Eron) — 0:1 (0:0)

Gol: Mehdi Rajabzoda (46).

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning “Lokomotiv” klubi ham OChLning yangi mavsumini durang bilan boshlagandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн