Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OFK Igor Sergeyevni OChL-2016 turnirining umidli futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 394           Дата: 23-02-2016, 04:20          
23-fevral klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasi musobaqasiga start beriladi. Bo‘lajak turnirda porlashi kutilayotgan “Paxtakor” jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev OFK rasmiy saytining nazariga tushdi.

OFK Igor Sergeyevni OChL-2016 turnirining umidli futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etdi

Toshkentning “Paxtakor” safida O‘zbekiston chempioni hamda mamlakat to‘purariga aylangan Igor Sergeyev o‘zbek futboli namoyondalari Igor Shkvirin va Aleksandr Geynrix davomchisi sifatida e’tirof etilmoqda.

“Aprel oyida 23 yoshini qarshilaydigan hujumchi shu kungacha Osiyo chempionlar ligasi bahslarida 18 marotaba maydonga tushib, 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Tajribali hujumchi raqib jarima maydonchasida himoyachilarga muammolar tug‘dirishga va sermahsul o‘yin ko‘rsatishga qodir”, — deyiladi saytda.

Shuningdek, OFK rasmiy sayti OChL-2016 musobaqasida “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov hamda Vladimir Kozak yorqin o‘yinlari bilan ajralib turishga qodir ekanini ta’kidlab o‘tgan.

Qayd etish joiz, “Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasi “C” guruhidan o‘rin olgan. Uning raqiblari “Al Hilol” (Saudiya Arabistoni), “Traktorsozi” (Eron) va “Al Jazira” (BAA) jamoalari bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” OChL-2016 guruh bahslaridagi ilk o‘yinini Toshkentda, “Al Hilol” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 24-fevral, chorshanba kuni “Paxtakor” markaziy stadionida, soat 16:30 da boshlanadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн