Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Muhammad Nozim: O‘zbekistonning ajoyib o‘yin ko‘rsatishida muxlislarning xizmati katta

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 516           Дата: 23-02-2016, 04:20          
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati finalida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasida kechgan bahsdan so‘ng matbuot anjumanida eronliklar bosh murabbiyi Muhammad Nozim va Ali Asqar Xasanzoda ishtirok etdi, deb yozadi “Sports.uz”.

Muhammad Nozim: O‘zbekistonning ajoyib o‘yin ko‘rsatishida muxlislarning xizmati katta

– Avvalambor, turnirni yuqori darajada o‘tkazib bergan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib o‘taman. So‘nggi yillarda avlodlar almashinuvi sabab Osiyo chempioni bo‘lolmayotgan edik. Bu yil klublar o‘rtasida ham, ayollar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida ham hamyurtlarim muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqa avvalidan chempionlik nafasini his qilgandik. Turnir davomida ko‘rdikki, yildan-yilga terma jamoalar mavqyei o‘sib bormoqda. O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Chempionat davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga tashakkur. Biz bu yerda o’zimizmi o‘z uyimizdagidek his qildik, – dedi eronliklar bosh murabbiyi Muhammad Nozim.

Eron futzal terma jamoasi a’zosi Ali Xasanzoda (musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi) ham o‘z fikrlarini bildirib o’tdi.

– OFK tashkilotchilariga hamda O‘zbekiston ahlining iliq mehmondorchiligiga minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekistonda o‘tkazilgan ushbu turnir shirin xotiralar bilan yodimda qoladigan bo‘ldi. O‘yinchi sifatida bu chempionat men uchun muhim edi. Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishimga qaramay, jamoaning g‘alabasi men uchun muhimroq sanaladi. Eng yaxshi o‘yinchi bo‘lishimda jamoadoshlarimning xizmati katta.

– Musobaqada faqat O’zbekiston terma jamoasi Eronga jiddiy qarshilik ko‘rsata oldi. Nega bunday deb o‘ylaysiz?

– Eng avvalo, ikki jamoaning bir-biriga yaqin o‘yin ko‘rsatganini aytib o‘tishim kerak. O‘zbekiston futzal terma jamoasi ancha o‘sganini ko‘rish mumkin. O‘zbekistonning ajoyib o‘yin ko‘rsatishida muxlislarning xizmati katta. Ular butun bahs davomida qoyilmaqom darajada jamoani qo‘llab-quvvatlab turdi. Biz bunday holatga Braziliya Gran-prisida ham tushgandik. Bunday vaziyatlarda ko‘p gol urishdan ko‘ra, o‘yinni nazorat qilish afzalroq.

– Finaldan oldin musobaqadagi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz degandingiz. O’zbekistonga qarshi o’yinda shunday bo‘ldimi?

– Tan olish kerak, biz eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qila olmadik. Bundan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgan kunlarimiz bo’lgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati finalida Eron 2:1 hisobida O‘zbekistondan ustun keldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн