Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o‘tkazdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 058           Дата: 23-02-2016, 04:20          
Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi mavsumlar oralig‘ida jamoaga kelib qo‘shilgan futbolchilarni jamoatchilikka tanishtirish marosimini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmatiga tayanib, O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o‘tkazdi

O‘zbekiston professional futbol ligasining o‘tgan mavsumida kumush medallarini qo‘lga kiritgan toshkentliklar tarkibida yangi mavsumdan boshlab Server Jeparov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullayev va Sherzod Fayziyev harakat qiladigan bo‘ldi.

Ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Server Jeparov tadbir davomida Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyunday” klubi bilan shartnomasi tugagach, “temiryo‘lchilar” taklifini qabul qilganini aytib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, “Lokomotiv” 33 yoshli tajribali futbolchi uchun professional futbolchilik faoliyatidagi sakkizinchi klub bo‘ladi. Bunga qadar Jeparov “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Seul” (Janubiy Koreya), “Ash-Shabob” (Saudiya Arabistoni), “Seongnam” (Janubiy Koreya) hamda “Ulsan” (Janubiy Koreya) jamoalarida faoliyat olib borishga ulgurgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 113 o‘yinda maydonga tushib, 25 golga mualliflik qilgan Server Jeparov “Lokomotiv” tarkibida 8-raqamda to‘p tepadigan bo‘ldi. Jamoa safiga kelib qo‘shilgan boshqa futbolchilar – Fayziyevga 37, Abdullayevga 7 va Maxaradzega 5-raqamli futbolkalar taqdim etildi.

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, “Lokomotiv” mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini Osiyo Chempionlar Ligasi—2016 guruh bosqichi doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 23-fevral, seshanba kuni, “Lokomotiv” stadionida, soat 15:00 da boshlanadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031