Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xose Mariya Mendez: 20 yillik faoliyatim davomida bunday muxlislikni ko‘rmaganman

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 494           Дата: 22-02-2016, 07:20          
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati finalida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasida kechgan bahsdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb yozadi “Uff.uz”.

Xose Mariya Mendez: 20 yillik faoliyatim davomida bunday muxlislikni ko‘rmaganman

- Biz Erondek kuchli jamoaga qarshi ham o‘ynay olish mumkinligini isbotlab berdik. Bu esa hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biz bu musobaqada erishgan natijamizga hozir tushuna olmayotgan bo‘lishimiz mumkin, chunki hissiyotlar jo‘sh urmoqda. Ammo ertaga nimalar qila olganimiz va nimalarni amalga oshira olmaganimizni tushunib yetishimiz mumkin. Men yigitlarga rahmat aytaman. Biz musobaqa davomida kuchli raqiblarga qarshi o‘ynadik. Eron esa ancha oson jamoalar bilan kuch sinashdi. Balki shu sababga ko‘ra, bugun jismoniy holatimiz u qadar o‘zimiz kutgandek bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Bugungi o‘yindagi shiddatga muxlislarning hissasi katta. 20 yillik murabbiylik faoliyatimda bunday muxlislikni ko‘rmaganman.

- Jamoangiz o‘yin boshida u qadar kuchli o‘yin namoyish etmadi va bora-bora kuchayib bordi. Bu avvaldan o‘ylanganmidi?
– Eron terma jamoasi ilk daqiqalarda o‘z o‘yinini namoyish eta olmasa, keyin shashti pasayib qolishini bilgan edik. Raqib avvalgi o‘yinlarda tezkor gol urib olgach, ketma-ket darvozani ishg‘ol etishga tushib ketardi. Aksincha, o‘z o‘yinini topa olmasa, muammolarga duch kelishini bilardik. Eron so‘nggi daqiqalarga qadar durangdan qo‘rqib o‘ynadi.

- Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi hakamlar tayinlanishi va musobaqa taqvimidan norozilik bildirdi. Bu borada fikringizni bilmoqchi edik.
– Ochig‘i, hakamlar qanday tayinlanishini bilmayman. Shuningdek, taqvim borasida ham hech qanday ma’lumotga ega emasman. Men faqat o‘yinga boraman va raqibga qarshi kurash olib boraman. Shunday bo‘lsa-da, o‘z fikrimni bildiraman. 2012-yilgi Osiyo chempionatiga qaraganda bu safargi musobaqada yo‘llanmalarni taqsimlash ancha adolatli tarzda o‘tkazildi. O‘tgan safargi qit’a birinchiligida beshinchi yo‘llanma uchun alohida o‘yinlar o‘tkazilmasdan, to‘plar nisbatiga asoslanib, JCh ishtirokchisi aniqlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati finalida Eron 2:1 hisobida O‘zbekistondan ustun keldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн