Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston futzal termasi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 522           Дата: 21-02-2016, 21:00          
Futzal bo‘yicha Toshkentda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining final o‘yini yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston va Eron terma jamoalari maydonga tushishdi.

O‘zbekiston futzal termasi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo‘ldi

Uchrashuvning 6-daqiqasida eronlik futzalchilarning xatosidan Dilshod Irsaliyev unumli foydalanib, O‘zbekistonni oldinga olib chiqqandi. Ammo 9-daqiqada Qudrat Bahodoriy uzoq masofadan Rustam Umarov darvozasini ishg‘ol qildi. 14-daqiqada burchak to‘pini tezkorlik bilan amalga oshirgan eronliklar Muhammad Keshavarzning zarbasidan keyin hisobda oldinga chiqib oldi. Shu vaziyatda O‘zbekiston termasining asosiy posboni Rustam Umarov jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Klim Tyugayev o‘z o‘rnida ishonchli harakat qilib, raqibning bir necha zarbasini qaytardi.

1:2 hisobini O‘zbekiston o‘yin oxirigacha o‘zgartirishga harakat qildi, biroq Xose Mariya Mendez shogirdlarining barcha urinishlari besamar ketdi.

Eron Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida 11-marotaba Osiyoda tengsizga aylandi. To‘rtinchi marta finalda ishtirok etgan O‘zbekiston futzal termasi esa yana kumush medallar bilan cheklandi.

Futzal. OCh—2016. Final

O‘zbekiston — Eron 1:2 (1:2)

Gollar: Dilshod Irsaliyev (6) – Qudrat Bahodoriy (9), Muhammad Keshavarz (14).

O‘zbekiston: 1. Rustam Umarov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov, 11. Artur Yunusov, 14. Konstantin Sviridov.

Zaxira: 2. Dilshod Irsaliyev, 3. Nodir Eliboyev, 4. Feruz Faxriddinov, 5. Davron Choriyev, 6. Javlon Anorov, 9. Andrey Shlema, 10. Jamoliddin Sharipov, 12. Akmaljon Xazratqulov, 13. Klim Tyugayev.

Eron: 1. Seper Muhammadiy, 5. Hamid Ahmadiy, 7. Asqar Hasanzoda, 9. Rizo Sansefidiy, 12. Hussayn Toyibiy.

Zaxira: 2. Alirozi Samimiy, 3. Javad Isfandariy, 4. Muhammad Keshavarz, 6. Alirizo Vafoiy, 8. Qudrat Bahodoriy, 10. Muhammad Tohiriy, 11. Mehran Aliqodir, 13. Farhod Tavakkoliy, 14. Mahdi Javid.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн