Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ronalduning sobiq murabbiyi futbolchi shanba kunlari yashirincha mashg‘ulotlar zaliga kirib olgani haqida gapirib berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 265           Дата: 20-02-2016, 10:00          
Portugaliyaning “Sporting” jamoasida murabbiylik qilgan yillarida “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni tarbiyalagan mutaxassis Luish Martin futbolchi, taqiqlarga qaramay, boshqalardan ko‘ra ko‘proq shug‘ullanishga intilgani haqida gapirib berdi.

Ronalduning sobiq murabbiyi futbolchi shanba kunlari yashirincha mashg‘ulotlar zaliga kirib olgani haqida gapirib berdi

“U xatto tartib-qoidani buzardi, – dedi u “Chempionat” muxbiri bilan suhbatda. – Biz u bilan mazkur masalada jiddiy gaplashib olganmiz ham. Ronalduni jazolashga to‘g‘ri kelardi. U ko‘proq shug‘ullanishni istardi. Yakshanba kuni ertalab uchrashuvlarimiz o‘tkazilardi, shanba kechasi esa u qorovulning ko‘zini shamg‘alat qilib, trenajyor zaliga yashirincha kirib olardi. U qanday qilib buning uddasidan chiqqanini tasavvur qila olmayman”.

Bu holat aniqlangach, murabbiy yosh futbolchi bilan jiddiy suhbat o‘tkazgan va jarimaga tortgan, negaki jismoniy zo‘riqish o‘yin sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi. O‘sha oyda Ronaldu stipendiyasining yarmini olgan.

Krishtianu Ronaldu “Sporting”ning yoshlar akademiyasiga 1997-yilda o‘tgan. 2002-yilda “Sporting”dan Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasiga o‘tgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн