Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari reytingi tuzildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 234           Дата: 19-02-2016, 07:28          
“Sports.uz” nashri “Transfermarkt.de” portalida O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga qo‘yilgan narxlar asosida o‘zbekistonlik eng qimmat futbolchilar o‘nligini tuzib chiqdi.

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari reytingi tuzildi

9—10. Fozil Musayev – 400 ming yevro
Eronning “Sepaxon” jamoasida to‘p surayotgan Musayevning narxi 400 ming yevro etib ko‘rsatilgan. Fozil o‘z klubining eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida 7-o‘rinda turibdi. Musayevning narxi o‘tgan yilgidan o‘zgarmagan.

9—10. Anzur Ismoilov – 400 ming yevro
Xitoyning “Changchung Yatay” klubida harakat qilayotgan Ismoilovning narxi ham 400 ming yevroni tashkil etmoqda. “Changchung”da Anzurdan qimmat bo‘lgan faqatgina ikki futbolchi bor.

7—8. Aleksandr Geynrix – 500 ming yevro
31 yoshli Sashaning narxi yarim million. Qozog‘istonning “Ordabasi” klubi sharafini himoya qilayotgan Geynrix jamoaning 4-raqamli qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turibdi. Hujumchining narxi bundan keyin pastlay boshlasa ajab emas.

7—8. Azizbek Haydarov – 500 ming yevro
Haydarovning narxi o‘zgarmadi. BAAning “Ash-Shabob” jamoasida o‘ynayotgan Azizning ham narxi Geynrixniki singari 500 ming yevro etib belgilangan. U o‘z jamoasidagi eng qimmat futbolchilar ro‘yxatida 3-o‘rinni band etib turibdi.

5—6. Sanjar Tursunov – 1 million yevro
“Transfermarkt.de” portalida Tursunovning narxi o‘tgan yilgiga qaraganda 200 ming yevroga arzonlashganini ko‘rish mumkin. Ammo 29 yoshli yarim himoyachining bu yil Ukrainaning “Vorskla” jamoasidan Qatarning “Um Salal” klubiga 1,7 million yevroga transfer qilingani haqida ma’lumot berilgandi.

5—6. Ignatiy Nesterov – 1 million yevro
O‘zbekiston terma jamoasi tarixida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan darvozabon Nesterovning narxi oldingi yilgidek 1 million yevroligicha qolgan. Toshkentning “Lokomotiv”i darvozasini qo‘riqlayotgan Ignatiy Osiyoning eng qimmat posbonlari o‘nligidan joy olgani ham diqqatga sazovordir.

3—4. Server Jeparov – 1,3 million yevro
Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Jeparov 1,3 million yevroga baxolangan. Server bu yili Janubiy Koreyaning “Ulsan” jamoasidan Toshkentning “Lokomotiv” klubiga ko‘chib o‘tdi.

3—4. Sardor Rashidov – 1,3 million yevro
Rashidovning narxi 1 yil ichida 9 barobarga ko‘paydi. Qatarning “Al Jaish” jamoasida to‘p surayotgan 24 yoshli hujumkor yarim himoyachi o‘z klubidagi eng qimmat futbolchilar ro‘yxatida 4-o‘rinni band etib turibdi.

2. Vitaliy Denisov – 7 million yevro
Turkiya va Italiya klublari qiziqish bildirgan Denisovning transferi 7 million yevroga baholangan. Rossiyaning “Lokomotiv” klubi sharafini himoya qilayotgan Vitaliyning narxi o‘tgan yili bilan solishtirganda 1 millionga oshgan. Ahamiyatli jihati “temiryo‘lchilar”da Denisovdan qimmat faqatgina bir futbolchi bor, xolos.

1. Odil Ahmedov – 8,5 million yevro
Ahmedov mana bir necha yildirki o‘zbekistonlik eng qimmat futbolchi nomini begona qilmay kelmoqda. Rossiyaning “Krasnodar” klubida faoliyat yuritayotgan Odilning narxi 8,5 million yevroga teng. 29 yoshli yarim himoyachi o‘z jamoasida eng qimmat futbolchilar orasida 3-o‘rinda qayd etilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031