Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Selta”ning sobiq futbolchilari Neymarga fint ishlatishda ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 266           Дата: 16-02-2016, 17:28          
Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida “Barselona” va “Selta” o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvdan (6:1) keyin mag‘lub jamoaning ayrim sobiq futbolchilari “Barsa” hujumchisi Neymarning xatti-harakatlariga norozilik bildirdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.

“Selta”ning sobiq futbolchilari Neymarga fint ishlatishda ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi

Marca nashrining yozishicha, Neymarning fintlari tufayli “Selta” o‘yinchilari o‘zlarini kamsitilgandek his etgan. Ayniqsa, yarim himoyachi Xosep Senye ustidan to‘pning oshirib o‘tilishi juda haqoratli harakat bo‘lgan.

“Albatta, ‘Barselona’ 0:2 hisobida yengilayotgan bo‘lganida, u bunday harakatlarni amalga oshirmasdi. Jamoa muxlislari uni tanqid ostiga olgan bo‘lardi. Men Neymarga ehtiyot bo‘lishni tavsiya qilaman, negaki u o‘zini xavf ostiga qo‘ymoqda. O‘yinchi jahl ustidagi raqibga duch kelishi mumkin, shunda u o‘z fintlaridan afsuslanadi”, – dedi Fransisko Salinas.

“Selta”ning yana bir sobiq futbolchisi Xavyer Mate ham fikr bildirib o‘tdi.

“Men maydonda bo‘lganimda, buni yoqtirgan bo‘lardim, – dedi u. – Men ‘Barselona’ uslubini hurmat qilaman, lekin ular boshqalarning noroziligini tushunishi lozim”.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн