Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xose Mariya Mendez: Terma jamoada tumov epidemiyasi bor, shundan ehtiyot bo‘lishimiz kerak

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 531           Дата: 14-02-2016, 20:56          
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati “A” guruhi so‘nggi turi doirasida O‘zbekiston va Livan (2:0) terma jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.

Xose Mariya Mendez: Terma jamoada tumov epidemiyasi bor, shundan ehtiyot bo‘lishimiz kerak

- Biz bugun qaysidir terma jamoa — Qirg‘iziston, Livan yoki Saudiya Arabistoni emas, balki faqat muxlislar uchun o‘ynadik. Nazariy jihatdan olib qaraganda, bugungi o‘yin natijasi mutlaqo ahamiyatsiz edi. Shuningdek, sariq kartochkasi bor bo‘lgan Irsaliyevning keyingi o‘yinda ishtirok eta olmay qolmasligi uchun chora-tadbirlar qo‘lladik. Yana to‘rt futzalchimiz kecha shamollab qolgan edi. Ular bu o‘yinga tayyor holda kelishdi va bundan behad mamnunman.

Bugungi o‘yinni juda yaxshi o‘tkazdik. Shu bilan birga Livanga ham qoyil qolish kerak. Raqib ikkinchi bo‘limda o‘yinini kuchaytira oldi. Bizning jismoniy tayyorgarligimiz yaxshi emasligi bu o‘yinda ko‘rinib qoldi. Men yana Rustam Umarovning o‘yinini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. U Osiyoning eng yaxshi posbonlaridan biri ekanini isbotladi. Bizni endi musobaqaning eng muhim o‘yini kutib turibdi. Chorak finalda g‘alaba qozonishimiz shart.

- Jamoangiz bir kun dam olishi mumkin. Bu kundan qanday foydalanmoqchisiz?
– Biz avvalo kasal bo‘lib qolgan futzalchilarni oyoqqa turg‘azishga harakat qilishimiz kerak. Ular safga qaytsa, muammolarimiz kamayadi. Shuningdek, tumov kasalligi jamoadagi boshqa o‘yinchilarga o‘tib ketmasligi uchun ehtiyot choralarini ko‘rishimiz kerak.

- Eron va Iroq o‘rtasida kechgan uchrashuvda iroqliklar yo‘l qo‘ygan xatolarni o‘rganib chiqasizmi?
– Iroq terma jamoasi Eronga qarshi o‘tkazgan o‘yiniga u qadar e’tibor qaratmagan bo‘lardim. Chunki bu o‘yin bizga ko‘p narsa bermasligi aniq. Aslida har qanday jamoaning Eronga qarshi o‘tkazadigan o‘yini hech qanday ahamiyat kasb etmasligi aniq. Chunki Eron mutlaqo boshqacha saviyaga ega jamoa. Bu jamoa boshqa darajada o‘ynaydi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн