Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Chak Norris o‘zbekistonlik karatechilarni yuqori baholadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 337           Дата: 12-02-2016, 15:00          
Yaqinda Chak Norris tashabbusi bilan Xalqaro jang san’ati federatsiyasi versiyasiga ko‘ra karate bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatlaridan birida mashhur aktyor va jang san’ati ustasi o‘zbek sportchilari haqida fikr bildirdi, deb yozadi “Uz24”.

Chak Norris o‘zbekistonlik karatechilarni yuqori baholadi

Las-Vegasdagi jahon chempionatida so‘zlagan nutqida Chak Norris O‘zbekiston terma jamoasini yuqori baholadi.

“Ular — katta oilamizning a’zolari, ular 15 ming kilometr yo‘l bosib keldi. O‘tgan yillardagi kabi yana ajoyib mohirlikni ko‘rsatishlariga ishonaman. Biroq mening do‘stlarim hurmat va ehtiromga faqat bu bilangina sazovor bo‘lgan emas. Men ularni tatamidagi janglardan boshqa paytlarda ham azaldan kuzatib boraman. Hattoki ko‘chada ham ular doim shoshib yuradigan o‘tkinchilarga odob bilan yo‘l berib, katta olomon ichida ham ajralib turadi. Mehmonxonada oqsoch xodimalardan o‘zbekistonlik yigitlarning xulqi haqida so‘raganimda, ular to‘shaklar doim yig‘ilgan, buyumlar tartib bilan taxlangan va joylashtirilgan, xonalar doim ozoda turishini aytadi”, — dedi Chak Norris.

“Mayda narsa bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo ushbu sport turi falsafasining mohiyati aynan shu detallarda — odamlarga, ularning mehnatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishda. Ishonchim komil, olis respublikadan kelgan mehmonlar kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lib, kuchsizlarni himoya qiladi. Bu shunchaki ko‘r-ko‘rona emas. Bunday hayotiy yondashuv o‘zbekistonliklarning qonida bor. Ular o‘z mamlakati va xalqiga munosiblik bilan vakillik qiladi”, — deya ta’kidladi sport ustasi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн