Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xose Mariya Mendez: Turnirda ijobiy natijaga erishishni istasak, o‘yinimizni yaxshilab borishimiz kerak

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 994           Дата: 11-02-2016, 14:24          
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati guruh bosqichi o‘yinlari doirasidagi O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xose Mariya Mendez: Turnirda ijobiy natijaga erishishni istasak, o‘yinimizni yaxshilab borishimiz kerak

“Bugun faqat yakuniy natijadan qoniqdim. Tan olish kerak, 25 daqiqa davomida Saudiya Arabistoni bizdan kuchliroq o‘yin ko‘rsatdi. Birinchi bo‘limda raqib imkoniyatlardan foydalanganida hisob butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi. O‘yin avvalida yigitlar o‘zlariga o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda ham yaxshi o‘ynamadik, ammo nisbatan tartibli o‘yin ko‘rsatganimiz evaziga yakunda g‘alabaga erishdik. To‘pni nazorat qilishda muammolarga duch keldik. Turnirda ijobiy natijaga erishishni istasak, o‘z o‘yinimizni yaxshilab borishimiz kerak.

O‘z uyimizda o‘ynayotganimiz uchun mas’uliyatning kattaligi tufayli o‘zimiz xohlagandek o‘ynay olmagandirmiz, balki. Uchrashuv boshlanishi oldidan tezkor gol urib, hisobda oldinga chiqib olishimizni ta’kidlagandim. Bu ishni faqat ikkinchi bo‘limda amalga oshira oldik, xolos. Qisqa qilib aytgada, bugun yomon o‘ynadik.

Bugun ishqibozlar zalni to‘ldirishdi. Bu yoqimli. Har qanday holatda o‘yingoh tribunalari to‘la bo‘lishini istardim. Bu holat bizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak. Keyingi o‘yin Qirg‘iziston bilan. Ularga qarshi juda ko‘p marta o‘ynaganmiz. 2014-yilda Vyetnamdagi Osiyo chempionatida 2:2 hisobida durang qayd etilgan. Qirg‘iziston jiddiy raqib, ularga qarshi o‘yinda bugungiga nisbatan yaxshiroq o‘ynashimiz kerak.

Gol hisobga olinmagan vaziyatda butun stadionga qarab men ham gol deb o‘yladim. Yonimda o‘tirgan futzalchi ham gol bo‘lganini ta’kidladi. Tanaffusda takroriy lavha orqali gol bo‘lganini ko‘rdik. Shu vaziyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaganidan xursandman”, — deydi Xose Mariya Mendez.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining 1-turida O‘zbekiston Saudiya Arabistonini 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн