Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida aka-uka Sindorovlar g‘olib bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 134           Дата: 11-02-2016, 14:24          
Toshkentda shaxmat bo‘yicha 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Musobaqada ikki yuzga yaqin iqtidorli shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashdi, deb xabar beradi O‘zA.

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida aka-uka Sindorovlar g‘olib bo‘ldi

To‘qqiz turdan iborat musobaqaning o‘n ikki yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslari poytaxtlik Javohir Sindorovning g‘alabasi bilan yakunlandi. U 9 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. 6,5 ochkodan jamg‘argan Samandar Shermuhammadov ikkinchi, Mahmudbek Xolmurodov uchinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu yosh toifasidagi qizlar bahsida poytaxtlik Yuliya Xegay to‘qqiz imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Jizzaxlik Sevinch Hotamova va poytaxtlik Samira Olimjonova 6,5 ochko bilan kuchli uchlikni yakunladi.

O‘n yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida qatnashgan Islombek Sindorov ham musobaqa davomida biron marta mag‘lubiyatga uchramadi. To‘qqiz imkoniyatdan yetti ochko jamg‘argan Islombek oltin medalga sazovor bo‘ldi. Yetti ochko jamg‘argan yana bir shaxmatchi Fayzullo Halimjonov qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kumush medalga loyiq topilgan bo‘lsa, 6,5 ochko to‘plagan Shodiyor Shukuraliyev bronza medal bilan taqdirlandi.

Qizlar bahsida sovrinli o‘rinlar poytaxtlik shaxmatchilarga nasib etdi. Maftuna Bobomurodova 7,5 ochko bilan birinchi, Mohinur Habibullayeva va Zuhra Mannopova 7 ochko bilan ikkinchi va uchinchi o‘rinni egalladi.

Sakkiz yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida toshkentlik Humoyun Begmurodov to‘qqiz imkoniyatdan 7,5 ochko to‘plab, chempion bo‘ldi. Undan atigi yarim ochko kam jamg‘argan samarqandlik Akobirxon Saydaliyev kumush, toshkentlik Alixon Avazxonov 6,5 ochko bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Qizlar bahsida samarqandlik Afruza Hamdamova, navoiylik Zilola Aktamova, surxondaryolik Muattar Jo‘rayeva g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн