Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik shaxmatchilar Moscow-Open turnirining 6-turida mag‘lubiyatga uchradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 701           Дата: 5-02-2016, 09:32          
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Moscow-Open 2016 festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Olamsport” xabar qilmoqda.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar Moscow-Open turnirining 6-turida mag‘lubiyatga uchradi

Musobaqaning eng kuchli shaxmatchilari jam bo‘lgan va asosiy turniri hisoblangan “A” guruhida Shamsiddin Vohidov ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Yosh shaxmatchi kecha o‘tkazilgan 6-turda qora donalarda harakat qilib, reytingda o‘zidan ancha yuqorida turgan raqibi rossiyalik grossmeyster Artyom Timofeyevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bu mag‘lubiyatdan so‘ng Vohidov 4,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 13-o‘rinni egallab turibdi. Turnir jadvalida yuz foizlik natija – 6 ochko bilan rossiyalik Yuriy Yeliseyev peshqadamlik qilyapti. Kuchlilar guruhida qatnashayotgan yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov ham bu turda mag‘lubiyatga uchradi. U qora donalarda rossiyalik grossmeyster Dmitriy Frolyanovdan yengildi. Abdusattorov 3,5 ochko bilan 65-pog‘onadan joy olgan.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar Moscow-Open turnirining 6-turida mag‘lubiyatga uchradi

Bu turda o‘zbekistonlik shaxmatchilardan Elbek Aliqulov, Roman Golubev va Javlonbek Umarovlar tegishincha rossiyalik Ivan Selivanov, ozarbayjonlik Ahmad Ahmadzoda hamda yana bir mezbon shaxmatchi Vladislav Grigorevni mag‘lub etdi. Timur Igonin, Konstantin Rahmatullayev, Sabohat Zayniddinova, Polina Verbova, Sarvinoz Qurbonboyeva va Gulruhbegim Tohirjonovalar mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik 3 nafar shaxmatchi Moscow-Open turnirining 4-turida g‘alaba qozongan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн