Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi “Jo‘rabek” masjidi boylar tomonidan qayta qurilayotgani haqidagi mish-mishlar rad etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 412           Дата: 29-01-2016, 19:00          
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimining 2015-yil 11-dekabrdagi qaroriga asosan Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “Jo‘rabek” jome’ masjidini yangidan qurish ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentdagi “Jo‘rabek” masjidi boylar tomonidan qayta qurilayotgani haqidagi mish-mishlar rad etildi

Mazkur masjidni barpo etish uchun Toshkent shahar arxitektura boshqarmasi tomonidan shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga muvofiq ravishda namunali loyihasi ishlab chiqildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati “Jo‘rabek” jome’ masjidi boylar tomonidan qayta qurilayotgani haqida tarqalgan mish-mishlarni rad etdi.

“‘Masjidini falon boyvachcha yoki xorijdagi falonchi boy quryapti’ degan mutlaqo asossiz xabarlar tarqatilmoqda. Bu gaplar asliyat va voqelikka butunlay mos kelmasligi shundoq ko‘rinib turibdi. Chunki hamma ko‘rib turibdi-ku, ushbu masjidni yangidan barpo etishga diniy idora tashabbus qilyapti, Toshkent shahar hokimiyati esa yer ajratish ishlariga amaliy ko‘mak va bunyodkorlik ishlariga moddiy yordam bermoqda. Shuningdek, bunday bunyodkorlik ishiga barcha mutasaddi tashkilotlar o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Qolaversa, azaliy qadriyatimiz bo‘lgan hashar yo‘li bilan xalqimiz ham ko‘makchi bo‘layotir”, — deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning 25-aprelidan 26-aprelga o‘tar kechasi Yashnobod tumanidagi “Jo‘rabek” jome’ masjidida yong‘in sodir bo‘lgandi. Bunga kuchli shamol natijasida masjid tomidan o‘tgan elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Oqibatda masjidning asosiy qismi joylashgan bino yonib ketgan. Yong‘indan ma’muriy xonalar joylashgan kichik bino va tahoratxonani saqlab qolishga erishilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн