Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jo‘rabek Karimov Avstraliya Ochiq chempionatining yarim finaliga chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 295           Дата: 28-01-2016, 17:50          
Melburn shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqasida o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov yarim finalga yo‘llanma oldi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Jo‘rabek Karimov Avstraliya Ochiq chempionatining yarim finaliga chiqdi

Turnirda yettinchi raqam ostida tasniflangan Jo‘rabek chorak final bahsida yaponiyalik Yosuki Vatanukini 6:3, 6:2 hisobida taslim etdi.

Turnirda 13-raqam ostida tasniflangan yapon tennischisi uchinchi davrada musobaqaning ikkinchi raketkasi serbiyalik Miomir Kezmanovichni bahslardan chiqarib yuborgandi. Jo‘rabek Karimovning yarim finaldagi raqibi avstraliyalik Aleks De Minaur bo‘ladi. Musobaqada oltinchi raqam ostida harakat qilayotgan Minaur chorak finalda turnirning uchinchi raketkasi gretsiyalik Stefanos Sitsipasni 6:7, 7:5, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek ilk davrada AQSh vakili Ezikel Klarkni 6:1, 6:3, ikkinchi bosqichda gonkonglik Entoni Tangni 6:4, 6:4, uchinchi davrada esa koreyalik Chang-Yon Oxni 6:4, 6:2 hisobida dog‘da qoldirgan edi.

Jo‘rabek Karimov o‘tgan yilgi natijasini takrorladi. 2015-yilda ham u Avstraliya Ochiq chempionatida yarim finalga qadar yetib kelgandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031