Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston futzal terma jamoasi murabbiylar shtabida xorijlik mutaxassislar ish boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 352           Дата: 27-01-2016, 17:40          
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida xorijlik mutaxassislar ish boshladi. Endi qit’a birinchiligi yakuniga qadar ispaniyalik Arkait Sisniyega Gomes fitness murabbiy, braziliyalik Anholeto Aleksandre esa fizioterapevt sifatida ish olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futzal uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi murabbiylar shtabida xorijlik mutaxassislar ish boshladi

Arkait Sisniyega Gomes 2013-yilda Ispaniyaning “Debabrena” klubida fitness murabbiy sifatida ish olib borgan, 2014-yilda esa “Kustom” klubida biomexanika bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.

Anholeto Aleksandre 2013—2015-yillarda “Nagoya Oushens” futzal klubida, 2015-yil esa “Chonburi” futzal klubida fizioterapevt lavozimida ishlagan.

Har ikki mutaxassis bilan Osiyo chempionati yakuniga qadar shartnoma tuzilgan, agar O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, ular bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytiriladi.

O‘zbekiston terma jamoasi 10—21-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida Livan, Qirg‘iziston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan birga “A” guruhida kurash olib boradi. Turnirda dastlabki besh o‘rinni egallagan terma jamoalar shu yili Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

O‘yinlar Toshkentdagi “O‘zbekiston” hamda “Universal” sport majmualarida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston futzal uyushmasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, o‘yinlarga kirish bepul.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн