Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston termasining sobiq futbolchisi Maksim Shatskix fuqaroligini o‘zgartirishi sabablarini tushuntirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 420           Дата: 26-01-2016, 16:21          
Kiyevning “Dinamo” klubi sobiq hujumchisi, ayni vaqtda erkin agent maqomiga ega Maksim Shatskix O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi va Ukraina fuqaroligini olishi haqidagi savollarga javob berib o‘tdi. Bu haqda futbolchining “Sport.ua” nashriga bergan intervyusiga asosan “Uff.uz” xabar bermoqda.

O‘zbekiston termasining sobiq futbolchisi Maksim Shatskix fuqaroligini o‘zgartirishi sabablarini tushuntirdi

- Sizda hozir ikki davlat fuqaroligi bormi?
– Yo‘q. Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lish Ukrainada ham, O‘zbekistonda ham taqiqlangan.

- Demak, hozirda sizda faqat Ukraina pasporti bor.
– Ha.

- Pasport qachon berilganini ayta olasizmi?
– Yo‘q, buning uchun pasportga qarashim kerak. Menimcha, buning ahamiyati ham u qadar katta bo‘lmasa kerak.

- Balki sananing ahamiyati bo‘lmasligi mumkin, ammo O‘zbekiston milliy terma jamoasida shuncha yil o‘ynaganingiz va u yerda eng yaxshi futbolchi sifatida tan olinganingizdan so‘ng fuqarolikni o‘zgartirganingiz… Nima uchun bunday qildingiz?
– Kiyevga ilk bora kelganimizdan so‘ng oilam bu yerda yashab qolishga qaror qilgan edi. Xotinim va farzandlarim Kiyevni jondan ortiq yaxshi ko‘radi. Ammo men shunda ham O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynashda davom etaverdim. Faqat terma jamoaning asosiy tarkibiga kirish qiyin bo‘lishini anglab yetganimdan so‘ng biror muammo bo‘lmasligi uchun fuqaroligimni o‘zgartirishga qaror qildim. Terma jamoada shunchaki sayyoh bo‘lib yurishni esa istamadim.

Ikki davlat fuqaroligini olish mumkin bo‘lganida, bu juda va juda ajoyib ish bo‘lar edi. O‘zbekiston, Toshkent — bu mening Vatanim. Aynan shu tuproq menga katta hayotga yo‘llanma bergan va ayni vaqtdagi darajamga chiqishimda debocha bo‘lgan. O‘zbekistonda hozir ham ota-onam va bir nechta do‘stlarim yashaydi. Futboldagi do‘stlarim esa juda ko‘p.

- Ota-onangiz yoniga tez-tez borib turasizmi?
– Ular ko‘p kelib turadilar.

- Oxirgi marta O‘zbekistonda qachon bo‘lgan edingiz?
– Oxirgi marta u yerga O‘zbekiston terma jamoasidagi xayrlashuv uchrashuvimda ishtirok etish uchun borgan edim. O‘shanda uch kishi terma bilan xayrlashganmiz va o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushganmiz. Bu taxminan 2009, 2010 yoki 2011 yilda bo‘lgan (Maksim Shatskix, Viktor Karpenko va Ulug‘bek Baqoyevlarning xayrlashuv uchrashuvi Ummonga qarshi 2014-yilning 29-may sanasida bo‘lib o‘tgan va O‘zbekiston terma jamoasi 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi — Uff.uz izohi).

- Shuncha vaqt uyda bo‘lmadingizmi?
– Birinchidan, vaqtim yo‘q edi. Chunki men har doim bandman. Ikkinchidan, ota-onam shundoq ham goh menikida, goh esa akamnikida bo‘lgach, qayerga ham borardim? Boz ustiga hozir samolyotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni olib tashlashdi va aylanma yo‘llar bilan uchib borish kerak. O‘zbekistonga borish biroz noqulay bo‘lib qoldi. Menimcha, baribir shunga qaramay yaqin vaqtlar ichida uyga borib kelsam kerak.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн