Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Suzuvchi Ra’noxon Amanova Rio—2016 o‘yinlariga yana bir yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 770           Дата: 26-01-2016, 16:21          
Belgiyaning Antverpen shahrida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Ra’noxon Amanova 400 metr masofaga kompleks usulda suzish musobaqasida marra chizig‘iga 4.40.71 soniyada yetib kelib, XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suzuvchi Ra’noxon Amanova Rio—2016 o‘yinlariga yana bir yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Shu tariqa, Ra’noxon Rio—2016 Olimpiada o‘yinlarida ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Amanova 2015-yilning 2—3-noyabr kunlari Doha shahri (Qatar)da o‘tkazilgan Jahon Gran-Pri turnirida 200 metr masofaga kompleks usulda suzish musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan va Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajargan edi.

Hozirga qadar Rio—2016 o‘yinlariga 52 nafar o‘zbekistonlik sportchi yo‘llanma oldi. Shundan 24 nafari paralimpiyachilarga tegishli.

Ma’lumot uchun. O‘zbekiston sportchilari bugungi kunga kelib 2016-yilning 5—21-avgust kunlari Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yengil atletika sport turida 8 ta, boks, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda og‘ir atletika sport turlarida 5 tadan, suzish sport turida 2 ta, taekvondo (WTF), erkin va yunon rum kurashi sport turlarida 1 tadan yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi. Paralimpiyachilar esa yengil atletika sport turida 10 ta, dzyudo sport turida 8 ta, suzish sport turida 4 ta, o‘q otish hamda pauerlifting sport turlarida 1 tadan yo‘llanmaga ega.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Февраль 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728