Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Marat Jumayev Chennai Open shaxmat turnirida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 281           Дата: 25-01-2016, 13:21          
Hindistonning Chennay shahrida yakuniga yetib borayotgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Kecha, 24-yanvar kuni musobaqada 9-tur uchrashuvlari o‘tkazildi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Marat Jumayev Chennai Open shaxmat turnirida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Marat Jumayev ushbu turda juda ham muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jumayev oq donalarda rossiyalik Ivan Popovni taslim etdi. Popov musobaqaning ikkinchi tartib raqamli shaxmatchisi bo‘lib, mazkur turdan oldin Jumayev singari 6 ochkoga ega bo‘lib turgandi. Mazkur g‘alabadan keyin o‘zbekistonlik grossmeyster yana sovrinli o‘rinlar uchun kurashga qaytdi.

To‘qqizta uchrashuvda 6 ta g‘alaba, ikkita durang va bitta mag‘lubiyat qayd etgan Marat Jumayev 7 ochko bilan turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 4-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadamlar ukrainalik Yuriy Solodovnichenko va rossiyalik Vladimir Belous hisobida 7,5 tadan ochko bor. Uchinchi o‘rinni 7 ochko bilan rossiyalik Mixail Mojarov band etgan.

Bugun, 25-yanvar kuni Marat Jumayev so‘nggi 10-tur uchrashuvida qora donalarda aynan rossiyalik Vladimir Belous bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Agar ushbu partiyada Jumayev g‘alaba qozonsa, sovrinli o‘rinlardan birini aniq qo‘lga kiritadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн