Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Maksimilian Fomin O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘yinchilari futbol o‘ynay olishini aytdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 631           Дата: 24-01-2016, 16:10          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi himoyachisi Maksimilian Fomin RedPen nashriga bergan intervyusida asosli tanqidni to‘g‘ri qabul qilishini aytib o‘tdi.

Maksimilian Fomin O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘yinchilari futbol o‘ynay olishini aytdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2016-yilgi U-23 Osiyo chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchradi — Rio—2016 Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi bilan musobaqaga yo‘l olgan o‘zbekistonlik futbolchilar Janubiy Koreya va Iroqqa qarshi dastlabki ikki o‘yindan keyinoq kurashdan chiqdi.

Iroqqa qarshi o‘yindan so‘ng terma jamoa himoyachisi Maksimilian Fomin Facebook’dagi sahifasida bir guruh ishqibozlarning tanqidiga javoban haqoratli post qoldirgan edi. Keyinroq futbolchi bu postini o‘chirib tashlab, qilmishi uchun uzr so‘radi. Fominning harakatlari yuzasidan uning onasi ham jamoatchilikka murojaat qildi.

“Biz futbol o‘ynay olamiz. Musobaqalarga vaqt o‘tkazish uchun emas, o‘zimizni ko‘rsatish uchun, bekorga kelmaganimizni isbotlash uchun boramiz. Biroq sportda har doim ham hammasi sen xohlaganchalik bo‘lavermaydi”, — dedi Fomin.

“‘Futbolchilarimiz o‘ynashni xohlamadi’ deb aytayotgan odamlar, ehtimol, shunchaki sport, futbol nimaligini tushunmaydigan kishilar bo‘lsa kerak. Ular bizning kundalik mashg‘ulotlarimiz, faoliyatimizdan bexabar. Bizning butun hayotimiz og‘ir mehnat va musobaqadan musobaqagacha, o‘yindan o‘yingacha bo‘lgan tayyorgarlikdan iborat”, — dedi futbolchi.

  • O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728