Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 212           Дата: 21-01-2016, 13:55          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Rio—2016 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari tikilgan U-23 Osiyo chempionatidagi ishtirokini kutilganidan vaqtliroq yakunladi. Samvel Babayan qo‘l ostidagi jamoa musobaqa guruh bosqichining dastlabki ikki o‘yinida Janubiy Koreya va Iroqqa mag‘lub bo‘lib, Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilari nima sababdan bunday muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ularga nima xalal berdi yoki nima yetishmadi? Bu og‘riqli savolga futbol mutaxassislari javob beradi.

Vaqt yetishmadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

Rauf Inileyev, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi: “Terma jamoamizda musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun kam vaqt bo‘ldi. Shu kungacha olimpiya terma jamoamizni ko‘plab murabbiylar boshqardi — bu ham qaysidir ma’noda o‘z tasirini o‘tkazmasdan qolmadi” (“Championat.asia”).

Jamoaviy o‘yin yetishmadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

Murod Otajonov, “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi murabbiyi: “Yoshlarimizda jamoaviy o‘yin yaxshi shakllanmagani bilinib qoldi. Futbol — jamoaviy o‘yin. Hamma yigitlar harakat qilishi kerak edi. Ammo o‘yinchilar oxirigacha yuqori saviyada o‘ynay olmadi” (“Championat.asia”).

Saviya yetishmadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

Samvel Babayan, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi, Iroqqa qarshi o‘yindan so‘ng: “[Iroq uchinchi golini urgan vaziyatda] futbolchimiz (Vladimir Kozak) oxirigacha kurashish o‘rniga to‘xtab qoldi. O‘yin hakam hushtagigacha davom etadi va buni futbolchilar bilishi kerak. Afsuski, [Kozak] o‘sha vaziyatda qanday saviyadagi futbolchi ekanini bildirib qo‘ydi. Yuqori saviyali futbolchilar bunday vaziyatlarda nima qilish kerakligini yaxshi biladi” (O‘FF matbuot xizmati).

Ishonchli darvozabon yetishmadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

Rauf Inileyev, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi: “Bizga, eng avvalo, ishonchli darvozabon yetishmadi. Himoyachilarimiz ham bir-birini tushunib o‘ynay olmadi… Agarda bu tomondan kamchilik bo‘lmaganida, o‘ylaymanki, oldingi chiziqdagi ishlarimiz yomon kechmasdi” (“Championat.asia”).

Lider yetishmadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

Rauf Inileyev, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi: “Asosiy kamchiligimiz bu — olimpiya terma jamoasida lider o‘yinchining yo‘qligidir. Birorta futbolchi yaqqol ajralib turgani yo‘q. Oldingi chiziq vakiliga qulay pas oshirib beruvchi dispetcherni ko‘rmadim” (“Championat.asia”).

G‘oliblik ruhi yetishmadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

Sayfiddin Ermatov, Ravshan Ermatovning otasi, sobiq hakam: “Olimpiya terma jamoasining mag‘lubiyatlari kayfiyatimizni tushirib yubordi. Ularning ko‘rsatgan o‘yinlariga sira tushuna olmadim. Bizga g‘oliblik ruhi yetishmadi” (“Championat.asia”).

Babayanga tajriba yetishmadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

Rustam Akramov, O‘FF Terma jamoalar markazi texnik direktori: “Samvel Babayan haqida shunday deyishim mumkin: u yaxshi inson, jamoani yaxshi shakllantirgan, ‘Paxtakor’ bilan O‘zbekistonning ikki karra chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u yaxshi menejer va murabbiy hamdir. Biroq, Babayanga musobaqada qatnashish tajribasi yetishmadi, deb o‘ylayman” (“Championat.asia”).

Borimiz shu

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

Samvel Babayan, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi, Iroqqa qarshi o‘yindan so‘ng: “Biz Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoaga yutqazdik. Nima ham derdim, demak bugungi kunda imkoniyatlarimiz, borimiz shu ekan. Afsuski hech narsa ko‘rsata olmadik” (“Championat.asia”).

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga U-23 Osiyo chempionatida nima yetishmadi?

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031