Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik grossmeyster Marat Jumayev Chennai Open’da peshqadamlar safiga qo‘shildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 292           Дата: 21-01-2016, 13:55          
Hindistonning Chennay shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir davom etmoqda. O‘z tarixida sakkizinchi bor tashkil etilgan Chennai Open musobaqasining 4-tur uchrashuvida o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Marat Jumayev g‘alabaga erishdi, deb xabar beradi “Olamsport”.

O‘zbekistonlik grossmeyster Marat Jumayev Chennai Open’da peshqadamlar safiga qo‘shildi

Oq donalarda harakat qilgan o‘zbekistonlik shaxmatchi mezbonlar vakili Shet Jaykumar Sammedni mag‘lubiyatga uchratdi. To‘rtta uchrashuvda 3 g‘alaba va bir durang qayd etgan Marat Jumayev 3,5 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Uchinchi pog‘onadagi ukrainalik grossmeyster Vitaliy Sivuk hisobida ham 3,5 ochko bor.

Musobaqa jadvalida ukrainalik grossmeysterlar – Vitaliy Bernardskiy va Yuriy Solodovnichenko yuz foizlik ko‘rsatkich – 4 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Bugun, 21-yanvar kuni Jumayev 5-tur uchrashuvida musobaqaning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi rossiyalik Boris Grachev bilan bahs yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, 3-tur uchrashuvida qora donalarda harakat qilgan Jumayev hindistonlik Arjun Erigaysi bilan durang o‘ynagandi.

Turnirda 11 davlatdan jami 213 shaxmatchi bosh mukofot uchun dona suryapti. Ulardan 22 nafari xalqaro grossmeysterlar, 25 nafari esa xalqaro ustalardir.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн