Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

U-23 Osiyo chempionatining barcha chorak finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 786           Дата: 21-01-2016, 10:42          
Futbol bo‘yicha 2016-yilgi U-23 Osiyo chempionatida guruh bosqichi bahslari yakuniga yetdi va musobaqa chorak finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

U-23 Osiyo chempionatining barcha chorak finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvlari 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Bosqichning so‘nggi, 3-turida o‘tkazilgan barcha uchrashuvlari natijalari bilan quyida tanishish mumkin:

U-23 Osiyo chempionati
“A” guruhi, 3-tur uchrashuvlari
18-yanvar, dushanba
Qatar — Suriya 4:2 (3:1)
Gollar: Abdulkarim Hasan (10), Ahmad A’lo (24, 82), Almuaz Ali (28) — Yusuf Kalfa (4), Umar Xarbin (81, penalti).

Eron — Xitoy 3:2 (2:1)
Gollar: Amir Mutahariy (38), Ehson Pahlavon (40), Mahdi Torobiy (48) — Chang Feyya (40), Liao Lishen (70, penalti).

Guruhdan Qatar va Eron terma jamoalari keyingi bosqichga chiqdi.

“B” guruhi, 2-tur uchrashuvlari
19-yanvar, seshanba
Saudiya Arabistoni — Yaponiya 1:2 (0:1)
Gollar: Abdulloh Madu (57, penalti) — Riota Oshima (32), Yosuke Ideguchi (53).

Shimoliy Koreya — Tailand 2:2 (2:1)
Gollar: Kim Yon Ir (17), Yun Ir Kvan (45) — Narubadin Viravatnodom (30), Chanatip Songkrasin (78).

Guruhdan Yaponiya va Shimoliy Koreya terma jamoalari keyingi bosqichga chiqdi.

“C” guruhi, 3-tur uchrashuvlari
19-yanvar
Iroq — Janubiy Koreya 1:1 (0:1)
Gollar: Amjad Volid Husayn (90+2) — Kim Xyun (22).

O‘zbekiston — Yaman 3:1 (1:0)
Gollar: Javohir Sohibov (18), Igor Sergeyev (68), Jaloliddin Masharipov (90+3) — Ahmad as-Saroriy (82).

Guruhdan Janubiy Koreya va Iroq terma jamoalari keyingi bosqichga chiqdi.

“D” guruhi, 3-tur uchrashuvlari
20-yanvar, chorshanba
Iordaniya — Avstraliya 0:0

BAA — Vetnam 3:2
Gollar: Pam Xoan Lam (65, avtogol), Muhammad al-Akbariy (74), Ahmad Husayn al-Hashmiy (78, penalti) — Nguen Song (24, penalti), Nguen Tuan An (68).

Guruhdan BAA va Iordaniya terma jamoalari keyingi bosqichga chiqdi.

U-23 Osiyo chempionati chorak final uchrashuvlari 22—23-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi juftliklar o‘zaro bahs olib boradi:

U-23 Osiyo chempionati
Chorak final uchrashuvlari
22-yanvar, juma
Yaponiya — Eron
Qatar — Shimoliy Koreya

23-yanvar, shanba
Janubiy Koreya — Iordaniya
BAA — Iroq

Musobaqada dastlabki uch o‘rinni egallagan terma jamoalar 2016-yil yozida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tashkil etiladigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan qo‘l ostidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqa guruh bosqichining Janubiy Koreya va Iroqqa qarshi dastlabki ikki o‘yinida mag‘lub bo‘lib, Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqqandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн