Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jurnalist Diyor Imomxo‘jayev “Sport” telekanalidan ketdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 855           Дата: 20-01-2016, 00:41          
Jurnalist Diyor Imomxo‘jayev O‘zMTRK “Sport” telekanalidan ketdi. Diyor Imomxo‘jayevning “Daryo” internet-nashriga ma’lum qilishicha, u 5-yanvar kuni o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan.

Jurnalist Diyor Imomxo‘jayev “Sport” telekanalidan ketdi

Diyor Imomxo‘jayev “Sport” telekanalida 2013-yil mart oyidan beri ishlayotgan edi. U so‘nggi vaqtlarda futbol uchrashuvlarini sharhlashdan tashqari, “Sokker klub” va “Yevrotaym” kabi mualliflik ko‘rsatuvlarini ham tayyorlab kelayotgandi.

Avvalroq bir qator nashrlarda Diyor Imomxo‘jayev amakisi Zafar Imomxo‘jayev bilan birga telekanaldan chetlashtirilgani, bunga Diyor Imomxo‘jayev muallifligidagi “Sokker klub” ko‘rsatuvi sabab bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

“Telekanal va MTRKning boshqa xodimlari bilan munosabatlarim yaxshi. Hech kim yomon gapirgani ham, bosim o‘tkazgani ham yo‘q. Ko‘rsatuvlarim efirdan olinganidan so‘ng, telekanalda men qiladigan ish qolmadi, shu sababli ketishga qaror qildim”, — dedi Diyor Imomxo‘jayev.

Diyor Imomxo‘jayevning ma’lum qilishicha, uning amakisi, ko‘p yillardan buyon “Sport” telekanalining Translyatsiya va sun’iy yo‘ldosh orqali olib ko‘rsatiladigan dasturlar studiyasiga rahbarlik qilib kelgan Zafar Imomxo‘jayev ham o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozib, “Sport” telekanalidagi faoliyatini to‘xtatgan.

Avvalroq “Sport” telekanali rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgani, Namangan viloyati teleradiokompaniyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Muhammadjon Maqsudov telekanalga direktor etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031