Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Davlat Abrayev dunyoning 2015-yildagi eng yaxshi kurashchisi deb topildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 982           Дата: 19-01-2016, 12:40          
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi veb-saytida 2015-yil yakunlariga ko‘ra turli nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilari e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat Abrayev dunyoning 2015-yildagi eng yaxshi kurashchisi deb topildi

Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Osiyo olimpiya kengashining Bosh assambleyasida kurash 2018-yili Indoneziyada tashkil etiladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritilgani Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi voqeasi” deb topildi. Endi kurash bir yo‘la uchta nufuzli musobaqa – 2016-yili Vyetnamda o‘tkaziladigan Osiyo sohil o‘yinlari, 2017-yili Turkmanistonda bo‘ladigan yopiq inshootlarda va jangovar yakkakurashlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlari hamda 2018-yilgi yozgi Osiyo o‘yinlari dasturidan joy oldi.

Eronda o‘tkazilgan kurash bo‘yicha X jahon chempionati “Eng yaxshi chempionat” deb topildi. Mazkur nufuzli musobaqada ellikdan ziyod mamlakatdan ikki yuzdan ortiq polvon g‘oliblik uchun bellashdi. Chempionatda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan polvonlar 5 oltin, 4 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan Davlat Abrayev “Yilning eng yaxshi kurashchisi”, chempionatga polvonlarni puxta tayyorlagan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Murod Do‘simbetov “Yilning eng yaxshi murabbiyi” bo‘ldi.

Janubiy Afrika Respublikasidan Galaksi Ekshon “Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi”, vyetnamlik Xok Tuan Ngayyen “Yilning eng yaxshi hakami”, Hindiston kurash assotsiatsiyasi “Eng yaxshi milliy federatsiya”, Yevropa kurash konfederatsiyasi “Eng yaxshi qit’a federatsiyasi”, Dominikan Respublikasida o‘tkazilgan Kurash oyligi “Eng yaxshi tashabbus”, deb topilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн