Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Krishtianu Ronaldu FIFA ta’sis etgan The Best sovrinining birinchi egasi bo‘lib tarixga kirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 42           Дата: 11-01-2017, 08:10          
Krishtianu Ronaldu FIFA ta’sis etgan The Best sovrinining birinchi egasi bo‘lib tarixga kirdi

FIFA talqiniga ko‘ra Krishtianu Ronaldu 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va yangi ta’sis etilgan The Best sovrini bilan taqdirdandi.

Bunga qadar Xalqaro futbol uyushmasi France Football bilan hamkorlikda «Oltin to‘p» egasini aniqlab kelardi. 2016 yilgi mavsumga kelib esa Fransiya agentligi alohida ajralib chiqdi, FIFA esa o‘z sovriniga asos soldi.

2016 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun uch nomzod ajratib olingandi: Portugaliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi a’zosi Krishtianu Ronaldu, Argentina termasi va «Barselona» hujumchisi Lionel Messi hamda Fransiya termasi va «Atletiko» forvardi Antuan Grizmann.

FIFA eng yaxshi futbolchini aniqlashda 4 tomonlik yondoshuvga e’tibor qaratdi: tashkilot tasnifiga kiruvchi milliy terma jamoa murabbiylari va sardorlari, sport jurnalistlari hamda muxlislar ovozi. Bunda har bir guruhning ovozi teng huquqli bo‘lib, 25 foizdan ochko ulashishi mumkin edi.

Yakunda Krishtianu Ronaldu 2016 yilning FIFA talqiniga ko‘ra eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U avvalroq France Football tomonidan «Oltin to‘p»ni ham qabul qilib olgandi. Shveysariyaning Syurixida esa The Best sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 2016 yilgi mavsumda Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa chempionati, Yevropa superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi. Bu esa portugaliyalik futbolchiga asosiy raqobatchisi Lionel Messidan o‘zib ketish imkonini berdi.

Avvalroq «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messining taqdirlash marosimiga tashrif buyurmagani xabar qilingandi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Февраль 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728