Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonning mashhur futbolchisi vafot etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 52           Дата: 25-11-2016, 11:30          
O‘zbekistonning mashhur futbolchisi vafot etdi

Toshkentda «Paxtakor» jamoasi sobiq o‘yinchisi Ravshan Yunusov vafot etdi, deb xabar qilmoqda sport jurnalisti va yozuvchi Mavlon Shukurzodaning ma’lumotlariga asoslangan holda sputnik O‘zbekiston.

Keksa futbolchi oxrgi vaqtlarda og‘ir xasta edi. Uning ikkala o‘pkasida ham saraton asorati — metastazalar paydo bo‘lgan edi. «Bugun ertalab, mashhur o‘zbek futbolchisi, 60 yillar «Paxtakor» jamoasining yorqin o‘yinchisi vafoti haqidagi xabarni eshitish men uchun og‘ir bo‘ldi. Mening yoshimdagi futbol ishqibozlari ushbu ajoyib o‘yinchini yaxshi bilishadi. U Gennadiy Krasnitskiy, Berador Abduraimov, Yuriy Pshenichnikov, Vilgelm Kaxarov, Xamid Raxmatullayev, Baxadыr Ibragimov, Tulyagan Isakov, Axrol Inoyatov, Vyacheslav Soloxo va boshqa mashhur futbolchilar bilan birga to‘p surgan edi», — deb yozdi Shukurzoda.
Uning so‘zlariga qaraganda Ravshan aka ko‘ngilchan va istarasi issiq inson bo‘lgan. U bilan suhbatlashish ko‘ngilga xush yoqqan.
«U kishining vafoti bilan o‘zbekistonliklar «Paxtakor» 60 yillar jamoasining bir bo‘lagini yo‘qotishdi. Ravshan Yunusovning yaqinlariga o‘zimning chuqur ta’ziyamni bildiraman», — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz Ravshan Yunusov «Paxtakor» jamoasida SSSR futbol chempionatida ishtirok etgan edi. Uning Leningradning «Zenit», Moskvaning «Dinamo» va Yerevanning «Ararat» jamoalariga qarshi o‘yinlari ko‘pchilikning esida qolgan. U mashhur darvozabon Lev Yashinga gol urishni uddalagan mahalliy futbolchilardan biri edi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн