Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qorindor darvozabonga ajratilgan charter reys va boshqa muammolar haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 89           Дата: 18-11-2016, 05:10          
Qorindor darvozabonga ajratilgan charter reys va boshqa muammolar haqida

Maqolamni ortiqcha vazn mavzusidan boshlamoqchiman. Futbolda “Darvozabon – yarim jamoa”, — degan gap bor. Shu gapdan kelib chiqib, kecha, 2016 yil 15 noyabr kuni, koreyaliklarga qarshi o‘ynagan terma jamoaning yarmida ortiqcha vazn borligi yaqqol ko‘rindi. Aleksandr Lobanovning biqinlari va qorni osilib yotganligi yirik plandagi telekadrlarda ko‘p bora namoyish etildi.

Bu holat o‘zbekistonlik futbol muxlislari o‘rtasida kechadan beri turli ijtimoiy tarmoqlarda va ba’zi saytlardagi maqolalar ostida qizg‘in muhokama qilinmoqda. Bu mavzu ilgari, ya’ni kechagi o‘yingacha ko‘tarilmagan edi. Men ham Samvel Babayanning suyukli darvozabonida ortiqcha vazn borligini ilgari payqamagan ekanman.

Sellyulitni ko‘rsatgan va ko‘rsatmagan “cameraman”lar

Toshkentdagi o‘yinlar, asosan, stadion tribunalarining eng baland qatoriga o‘rnatilgan kameralar orqali uzoqdan namoyish etilavergandan keyin telekadrlarda futbolchilarning biqinlari tugul, o‘zlarini ham zo‘rg‘a ko‘rasan. Balki, shu nuqsonlarni yashirish uchun ham maydon atrofiga ortiqcha kameralar qo‘yilmayotgandir? Bilmadim.

Darvoza ortida o‘tiradigan o‘zbekistonlik fotomuxbirlar-chi? Ular terma darvozabonidagi ortiqcha vaznni ko‘rishmaganmi yoki ko‘rishni istashmaganmi?

Bosh murabbiy Samvel Babayan-chi? Uning yordamchilari-chi? Ular ham Lobanovda ortiqcha vazn borligini bilishmaganmi?

Kechagi uchrashuvni tasvirga tushirgan koreyalik teleoperator va rejissyorlarga katta rahmat! Ular uchrashuvdagi xavfli vaziyatlar va gollarni darvozalarning yoni va ortiga o‘rnatilgan bir qancha statsionar kameralar hamda maydon ustidagi “o‘rgimchak”-kamera orqali takror va takror namoyish etishgani bois ko‘zimga yog‘ bosgan qorin va biqinlar ko‘rindi.

Lobanovning ortiqcha vaznini qo‘ya turaylik.

Babayanning suyukli golkiperi pozitsiya tanlashlarda ham qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Xususan, darvozamizga birinchi gol urilayotganda Lobanov yaqin ustunga juda yaqin bormaganda, ustidan o‘tib ketayotgan to‘pni ortiqcha vazniga qaramasdan ushlasa yoki urib yuborsa bo‘lardi. Lekin darvozabon Lobanov himoyachi Krimets yopib bo‘lgan yaqin burchakni yopishni ma’qul topdi.

Ikkinchi gol urilayotganda esa zudlik bilan yaqin burchakni yopish o‘rniga darvoza markazida qolib ketdi va yaqin burchakka berilgan zarbani qaytarishga, tabiiyki, ulgura olmadi.

Jarima maydonchasiga qanotlardan havodan uzatib berilgan to‘plarga chiqishda ham Lobanov qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Uning xatolarini himoyachilar to‘g‘irlashdi. Aks holda O‘zbekiston darvozasiga yana bir-ikki gol urilishi mumkin edi.

Xullas kalom, Son Xyong Min tepgan bitta to‘pni ushlab olganini hisobga olmaganda kechagi o‘yinda Lobanov ko‘proq o‘zining ortiqcha vazni va qo‘pol xatolari bilan yodda qoldi.

Bosh murabbiy Samvel Babayanning yana bir suyuklisi Igor Sergeyev esa kechagi o‘yinda ikki marta ko‘rinish berdi: birinchi taymda gol urilgan vaziyatda davrozabonni ta’qib qilib borganda va ikkinchi taymda chap qanotdan qarshi hujumga o‘tayotganda to‘pni koreyalik himoyachiga oldirib qo‘yganda. Ikki holatda ham Sergeyevga boshlang‘ich tezligi pastligi pand berdi. Birinchi holatda to‘pni egallab ololmadi, ikkinchisida esa orqasidan kelayotgan himoyachidan qochib keta olmadi. Sergeyev boshqa ko‘rinish bermadi. Tamom.

Shular inobatga olinsa, kecha Seulda koreyaliklarga qarshi o‘ynagan terma jamoa maydonda 9 kishi bo‘lib harakatlandi, desa ham bo‘ladi.

To‘qqiz kishining “qorindor” golkiper va “ko‘rinmas” VIP-forvarddan farqi.

O‘sha to‘qqiz futbolchi nisbatan kamroq xato qilib, ko‘proq ter to‘kishdi va jon kuydirishdi. Masalan, himoyachi Davron Hoshimov o‘z qanotidan Son Xyong Minnni ko‘p marta o‘tkazib yuborgan bo‘lsa ham, ko‘plab vaziyatlarda o‘z xatolarini sirg‘anishlari (“podkat”lari) bilan to‘g‘irladi. Qo‘lidan kelgancha harakat qildi. Shuning uchun uning o‘yiniga jiddiy e’tiroz bildirib bo‘lmaydi.

Uning o‘rnida Islom To‘xtaxo‘jayev bo‘lganda ahvol bundan besh battar bo‘lar edi. Albatta, o‘ng qanot himoyasida O‘zbekistonda “Nasaf” himoyachisi Shuhrat Muhammadiyevga yetadigani yo‘q. Lekin, afsuski, bu yigit terma bosh murabbiy Samvel Babayanning futbol “konsepsiyalari” va “qarashlari”ga to‘g‘ri kelmayapti.

Bosh murabbiy janoblarining “konsepsiyalari” va “qarashlari”ga “Lokomotiv” darvozaboni Ignatiy Nesterov ham to‘g‘ri kelmayapti: zahirada qoldirilmoqda. Nimalagini bilmayman. Yoki Nesterovning vazni Lobanovnikidan ham og‘irroqmikan?
Qorindor darvozabonga ajratilgan charter reys va boshqa muammolar haqida

Qorindor darvozabonga ajratilgan charter reys va boshqa muammolar haqida

Kechagi o‘yinda Babayanning o‘yinchi almashtirish “konsepsiyasi”ga ham tushunmadim. Hisobda oldinda borayotgan jamoa murabbiylari raqibni qarshi hujumda jazolash niyatida odatda maydonga boshlang‘ich tezligi katta futbolchini bitta maqsad — raqiblardan qochib ketib, gol urush — uchun tushurishadi. Babayan esa tezlik borasida maqtana olmaydigan Geynrixni maydonga tushirdi. Tag‘in “ko‘rinmas” VIP-forvard Igor Sergeyevning o‘rniga emas, yaxshi o‘ynayotgan Marat Bikmayevning o‘rniga tushirdi.

Umuman olganda Babayan boshqaruvidagi termada o‘yin falsafasi va “manzara”si yo‘qligi yana bir bor ko‘rindi. Bu jamoa bunday o‘yini bilan guruhdagi eng asosiy raqiblar Eron va Koreyaga mag‘lubiyatga uchrashi tabiiy hol bo‘ldi. Babayan boshqaruvidagi termaning asl kuchi shu ikki raqib qarshisidan ko‘rindi.

Endi o‘zimizga o‘zimiz: “Mana shu terma jamoa Jahon chempionatida ishtirok etishga loyiqmi?” – degan savol beraylik. Va xolis javob beraylik.

Babayan bu savolga albatta: “Loyiq!” – deb javob beradi. Chunki u o‘zi tuzgan termani maqtashdan charchamaydi. Mana shu terma jamoani Samvel Babayan: “O‘zbekiston tarixidagi eng kuchli terma”, — deyishgacha bordi.

Kecha Seulda o‘tkazilgan o‘yinda “eng kuchli terma”ning kuchini ko‘rdik: to‘p nazorati 73%-27%, darvoza tomon zarbalar 8-4, aniq zarbalar 3-1, jarima zarbalari 17-10, burchak to‘plari 6-0. Hamma ko‘rsatkichlar Janubiy Koreya foydasiga.

Aniq zarbalar bo‘yicha ko‘rsatkichlarga e’tibor bering! Babayanning termasi 90 daqiqa davomida raqib darvozasiga atigi bir marta aniq zarba bergan. Bu sharmandalik emasmi?

Babayanning “advokatlari” va “jurnamuxlislari”: “Janubiy Koreyani anchadan beri yutmaganmiz”, — deyishga shoshilmasin. Janubiy Koreya bilan durang o‘ynashni g‘alabaga, uni yutishni esa qahramonlikka tenglashtirishni bas qilish kerak! Murabbiy aqlli bo‘lsa, tarkibida top-yulduzi bo‘lmagan jamoa bilan «Nou Kamp»da top-yulduzli «Barselona»ni ham yirik hisobda yutsa bo‘ladi. Buni Lobanovskiy va Berdiyevlar o‘z tajribalarida isbotlashgan.

Termani boshqarmoqchimisan? Klubingni chempion qil!

Terma jamoaga bosh murabbiy tanlash haqida so‘z ochilgan ekan, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rahbariyatining bu boradagi “konsepsiyasi” va “qarashlari” menga noma’lum. Menimcha, O‘FFda termaga bosh murabbiy quydagicha tayinlanadi:

— O‘tgan yili bizda kim chempion bo‘ldi?
— “Paxtakor”.
— Bulturgi yil-chi?
— Bultur ham “Paxtakor” chempion bo‘ldi.
— “Paxtakor”ning bosh murabbiyi kim?
— Samvel Babayan!
— Uning “A” litsenziyasi bormi?
— Nima deyapsiz?! Uning “PRO” litsenziyasi bor!
— Yo‘g‘-yey?!
— Otvechayu!
— Bo‘ldi: termaga shuni bosh murabbiy qilamiz!

Shaxsiy fikrimcha, bir paytlar Mirjalol Qosimov ham huddi shu “konsepsiya” asosida termani qutqarishga chaqirilgan.

Ana shu “konsepsiya” asosida termaga bosh murabbiy qilib tayinlanayotgan nomzodning tajribasi jamoani Jahon chempionatiga olib chiqish uchun yetadimi-yo‘qmi – hech kimni qiziqtirmasa kerak. Qolaversa, bu nomzodlar o‘z klublarini qaysi yo‘llar orqali chempion qilganliklari bilan ham O‘FFdagilarning ishi bo‘lmasa kerak. Bu masala bilan bizda bir paytlar “Soccer Club” shug‘ullanar edi – o‘zbek futbolining dushmanlari uning ham boshiga yetishdi!

Terma jamoa bosh murabbiyligiga tahminan mana shunday “konsepsiya” asosida tayinlanayotgan mahalliy mutaxassilarga na milliy chempionatdagi g‘alabalari, na litsenziyalari yordam bermayapti. Hozirgi bosh murabbiy Samvel Babayanga esa kuchli raqiblarga (Eron va Janubiy Koreyaga) qarshi o‘tkazilgan o‘yinlarda o‘zi yoqtiradigan ko‘k forma ham yordam bermadi. Shunday ekan, Babayan keyingi o‘yinlarda har xil irim-sirimlarni yig‘ishtirib, “oq bo‘rilar”ni maydonga qo‘rqmasdan oq futbolkalarda boshlab chiqsa ham bo‘laveradi.

Aslida esa e’tiborni futbolka rangini tanlashga qaratgandan ko‘ra, termaga futbolchi chaqirishda xolis bo‘lib, o‘z bilimlarini oshirishga va mashg‘ulotlarga zo‘r bergan afzal, menimcha.

Xolislik tanqisligi

O‘ylab qarasam, ohirgi yillarda milliy terma jamoamizning bosh murabbiylari o‘zlarining yoqimtoylarini termaga olib kelgan ekan. Bir paytlar Abramov Qatarda Olim Novkarovni o‘ynatgan bo‘lsa, keyinchalik Qosimov Avstraliyada Lutfulla To‘rayevni maydonga tushirdi. Mana endi Samvel Babayan Lobanov va Andreyevni olib yuribdi.

Milliy terma jamoaning ohirgi yillardagi murabbiylarining yana bir o‘xshash hususiyatti shunda-ki, yugurishdan qolgan qariya futbolchilardan voz kechish ular uchun azobning o‘zginasi. Qariya futbolchilar yugurishdan, reaksiyadan allaqachon to‘xtashgan bo‘lsa ham, murabbiylarimiz suyuklilarini maydonga tushirgani tushirgan. Bu borada bir nima deyilsa, murabbiylarning javoblari tayin: “Zato, ularning tajribasi katta!”

“Unday bo‘lsa maydonga o‘zingiz tushaqoling! Axir, Sizning tajribangiz ularnikidan ham ko‘p-ku!”, — desangiz, murabbiylardan birontasi maydonga tusha olmaydi. Chunki yugura olmaydi. Lekin o‘ziga o‘xshagan qariya futbolchini maydonga tushirishni yaxshi ko‘rishadi.

Mahalliy murabbiylar mana shu va boshqa sabablar tufayli milliy terma jamoani 25 yildan beri Jahon chempionatiga olib chiqa olmayotgan bo‘lsalar ham, O‘FF rahbariyati termaga yana shularni tayinlayveradi. Bu borada O‘FF rahbariyati tanqid qilinsa, rahbariyatning o‘zi yoki uning “advokat”lari: “Zato, rahbariyat futbolimizga pul topib beryapti, termamizga charter reyslar tashkil qilib bermoqda”, — deyishadi.

“Zato, sizlar tashkil qilgan charter reysda qorindorlar uchishmoqda”.

O‘FF prezidenti Mirabor Usmonov milliy futbolga va terma jamoaga rostdan ham “pul topib” berayotgan bo‘lishi mumkin. Terma jamoaning Seuldagi o‘yiniga charter aviareys tashkil qilib, koreyslarni shokka tushirdi. Bularning hammasi yaxshi, albatta.

Lekin shunisi yomon-ki, o‘sha “topib” berilgan pullar “vaznsiz” futbolchilar bilan birgalikda “vaznli”larga ham, maydonda “ko‘rinadigan”lar bilan birgalikda “ko‘rinmaydigan”larga ham sarflanmoqda. Mirabror Zufarovich tashkil qilgan charter reys ne’matlaridan qorin qo‘ygan sportchilar ham foydalanishmoqda. O‘shalarni termaga kim jalb qiladi? Bosh murabbiy jalb qiladi!

Ya’ni, milliy terma jamoaga e’tibor degani jamoa uchun xorijiy yig‘inlar yoki charter reyslar uyushtirib berishdangina iborat degani emas. Haqiqiy e’tibor avvalo zamonaviy futboldan xabardor malakali mutaxassisni jalb qilishdan boshlanadi. Toki termaga xolis, adolatli, halol va malakali murabbiy jalb qilinmas ekan, termaga ajratiladigan pullar havoga sovurilaveradi.

Bu muammoning yana bir qiziq tomoni shuda-ki, O‘FF rahbariyati natija ko‘rsata olmagan bironta murabbiyga shu kungacha chora ko‘rmagan.

Bobomurod Abdulla

Manba:diydoraziz.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031