Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kolumbiya futboli afsonasi: Xames Ronaldu bilan do'st bo'lmasligi kerak

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62           Дата: 17-11-2016, 21:10          
Kolumbiya futboli afsonasi: Xames Ronaldu bilan do'st bo'lmasligi kerak

Kolumbiyalik sobiq hujumchi, terma jamoaning afsonaviy yulduzi Faustino Asprilya «Real»da o'ynayotgan Xames Rodriges haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Ispaniya nashrlarida bundan oldinroq yetarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan bu kolumbiyalik futbolchining «Qirollik klubi»dagi istiqboli muhokama etilgandi.

Asprilyaning hisoblashicha, uning vatandoshi «qaymoqranglilar»ning yetakchisi Krishtianu Ronaldu bilan yaqin munosabatda bo'lmasligi kerak.

«Rodriges - mening do'stim. Xames menga yoqadi va uni hurmat qilaman. Ammo Krishtianu Ronaldu bilan do'stligi uni zarariga ishlamoqda. Xames terma jamoada o'zini Ronaldu kabi tutmoqda.

U Ronaldudan o'rnak olmasligi kerak. Kolumbiya terma jamoasida kimdir unga to'pni oshirmasa, xuddi Ronalduga taqlid qilib, butun olamga g'azabini sochmoqda. Bu juda xunuk ko'rinadi.

Hakamlar yoki raqiblar bilan bahslashishni tushunsa bo'ladi, ammo o'z jamoadoshlaring bilan bunday qilish yaramaydi. To'pni oshirmagani uchun bahslashish orqali janjal kelib chiqishi ham mumkin. Bu yaxshimas. Xames buni Ronaldudan o'rganib olgan», deya Asprilyaning so'zlarini keltirgan ESPN.

Primeraning 11 turidan keyin Rodriges 5 uchrashuvda maydonga tushgan va shundan 2tasida o'yinni asosiy tarkibda boshlagan. U bu uchrashuvlarda bitta gol urib, 2 marta golli pas muallifi bo'lgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031