Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindistonda o'tgan VIII jahon chempionatida O'zbekiston vakillari 9 ta oltin medalni qo'lga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 58           Дата: 15-11-2016, 08:09          
Hindistonda o'tgan VIII jahon chempionatida O'zbekiston vakillari 9 ta oltin medalni qo'lga kiritdi

Hindistonning Kochchi shahrida yigirma yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar o'rtasida kurash bo'yicha VIII jahon chempionati o'tkazildi. Nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli qatnashgan o'zbekistonlik polvonlar 9 oltin, 3 kumush va 1 bronza medalni qo'lga kiritdi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda dunyoning ellikdan ziyod mamlakatidan besh yuzga yaqin sportchi 15 vazn toifasida g'oliblik uchun o'zaro bellashdi.

Chempionatda barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan Ruslan Bo'riyev, Shahram Ahadov, Rahmatullo Nuriddinbekov, Husniddin Husanov, Bekmurod Oltiboyev, Rahima va Mahliyoxon Yo'ldoshevalar, Muxlisa Abdumalikova, Umidaxon Mirhamidova shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy egalladi.

Abdulaziz Hamroyev, Sadam Ahmetov, Sarvar Ikromov kumush medal bilan taqdirlangan bo'lsa, Ro'zimboy Eshjonov bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Chempionatda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "eng yaxshi jamoa", deb tan olingan bo'lsa, Bekmurod Oltiboyev "eng yaxshi kurashchi", deb e`lon qilindi.

Shuningdek, Kurash xalqaro assotsiatsiyasining XVI kongressi bo'lib o'tdi. Unda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir tashkil etish haqida O'zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o'rinbosari M.Aliyev tomonidan berilgan taklif ishtirokchilar tomonidan ma`qullandi. Mazkur turnir birinchi marta 2017 yil Toshkent shahrida o'tkaziladi.

AQSh, Shveytsariya, Kamerun va Nepal kurash federatsiyalari assotsiatsiyaga a`zolikka qabul qilindi.

Manba: Kun.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031