Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mourino: «Liverpul» – yaxshi jamoa, lekin OAV yozganidek dunyoning so'nggi mo'`jizasi ham emas»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 88           Дата: 18-10-2016, 09:56          
Mourino: «Liverpul» – yaxshi jamoa, lekin OAV yozganidek dunyoning so'nggi mo'`jizasi ham emas»

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Liverpul»ga qarshi kechgan va 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan o'yindan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

«Bu biz istagan natija emas, ammo buni yomon natija deb ham bo'lmaydi. Biz to'g'ridan-to'g'ri raqibimizga o'z uyida g'alaba qozonishga imkon bermadik, bu yomon emas. O'yin ikki tomon uchun ham og'ir kechdi, lekin «Liverpul» ko'proq qiynaldi.

Biz nafaqat taktik jihatdan yaxshi harakat qildik, balki o'yin davomida xotirjam o'ynadik. Ehtimol, bu men ko'rgan eng sokin «Enfild» edi. Men mezbon muxlislardan boshqachasini kutgandim. Ha, De Xea 2ta qoyilmaqom seyv amalga oshirdi, lekin buni o'yin kontekstidan tashqari holat.

«Liverpul» muxlislarini jim qilib qo'ydik. Ular bizning himoyada muammolar bo'lishini kutishgandir, lekin barchasi o'zgacha bo'lib chiqdi. Bizga o'ynash oson bo'ldi. To'g'ri, hujumda tezlik Yetishmagani ham bor gap.

Bu o'yin orqali biz raqibning 3 ochko olishiga imkon bermadik. Boshqa raqobatchilarimizda hozir taqvim oson kelgan, shuning uchun masofani iloji boricha yaqin saqlashimiz kerak. Bizda yana qatorasiga 5ta o'yinda g'olib chiqish imkoni bo'ladi.

Biz o'yin davomida to'pni nazorat qilishni niyat qilib kelmagandik. Biz«Liverpul»ni bilardik: ular qanday kuchli pressing qilishini, ular to'pni yo'qotganda uni olish uchun qanday tashlanishini bilardik. Biz aql bilan o'ynadik.

«Liverpul» – yaxshi jamoa, lekin OAV yozganidek dunyoning oxirgi mo'`jizasi emas», – degan Mourino.

Manba: Tribuna.uz

Manba: Kun.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031