Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

APL, 8-tur. «Manchester Siti» va «Tottenhem» ochko yo'qotdi, «Arsenal» safarda g'alabaga erishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 77           Дата: 15-10-2016, 21:28          
APL, 8-tur. «Manchester Siti» va «Tottenhem» ochko yo'qotdi, «Arsenal» safarda g'alabaga erishdi

Angliya premer-ligasi 8-turida 6ta uchrashuv o'tkazildi.

Dastlabki o'yinda «Chelsi» o'tgan mavsum chempioni «Lester»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.

«Manchester Siti» «Everton»ni qabul qildi va ochko yo'qotdi. O'yinda hisobni mehmonlar hujumchisi Romeu Lukaku ochdi. Mezbonlar ikki bor penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi, lekin ikki safar ham, avval Kevin de Bryuyne bergan zarba, ikkinchi bo'limda Aguero tepgan to'p niderlandiyalik darvozabon Stekelenburg tomonidan qaytarildi. Gvardiola jamoasining javob goli 72-daqiqada Nolito tomonidan urildi.

APL, 8-tur. «Manchester Siti» va «Tottenhem» ochko yo'qotdi, «Arsenal» safarda g'alabaga erishdi

"Shaharliklar" g'alaba qozona olmagan bo'lsada, 19 ochkosi bilan to'plar nisbatiga ko'ra birinchi o'rinni saqlab qoldi (19-8).

«Arsenal» «Suonsi Siti» maydoniga safar qildi va 70-daqiqada Chaka maydondan chetlatishi tufayli 10 kishi bo'lib qolganiga qaramasdan 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

«Kanonirlar» safida Uolkott dublga erishdi, shuningdek bugun 28 yoshga chiqqan Mesut O'zil g'alabani hal qilgan uchinchi gol muallifi bo'ldi. Mezbonlar safida esa Sigurdsson hamda Baston bittadan gol urgan.

Endilikda Arsen Venger shogirdlari 19 ochko to'plagan holda peshqadam «Manchester Siti» bilan bir xil ochko to'plab, to'plar nisbatiga ko'ra (19-9) ikkinchi o'ringa joylashdi.

APL, 8-tur. «Manchester Siti» va «Tottenhem» ochko yo'qotdi, «Arsenal» safarda g'alabaga erishdi

7 turdan keyin ikkinchi o'rinda joylashib turgan Londonning «Tottenhem» jamoasi «Vest Bromvich» maydoniga safar qildi va o'yin oxirida urilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

«Shporlar»ning sobiq futbolchisi Nosir Shodli o'yinda hisobni ochdi, 89-daqiqada esa Dele Alli jamoasiga bir ochko olib keluvchi golni urdi.

Shu tariqa, Pochettino shogirdlari bu ochko yo'qotilishidan keyin 18 ochko bilan uchinchi o'ringa tushdi. «Vest Bromvich» esa 10 ochko bilan 10-o'ringa joylashgan.

APL, 8-tur. «Manchester Siti» va «Tottenhem» ochko yo'qotdi, «Arsenal» safarda g'alabaga erishdi

Tur doirasidagi uchrashuvlardan birida yirik hisob qayd etildi. «Bornmut» debyutant «Hall Siti» darvozasiga 6ta gol urdi (6:1), «Stok Siti» esa «Sanderlend»ni 2:0 hisobida Yengdi.

Manchester Siti – Everton 1:1
Gollar: 0:1 – 64 Lukaku, 1:1 – 72 Nolito.
Manchester Siti – Bravo, Stounz, Otamendi, Klishi, de Bryuyne, Fernandino, Silva, Sane (Nolito, 71), Gyundogan, Sterling, Ixeanacho (Aguero, 56).
Everton – Stekelenburg, Jagelka, Ovedo, Koulmen, Uilyams, Kleverli, GuyYe, Bolazi (Miralyas, 84), Berri, Deulofeu (Makkarti, 57), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Koulmen (81), Uilyams (85).

Arsenal – Suonsi 3:2
Gollar: 1:0 – 26 Uolkott, 2:0 – 33 Uolkott, 2:1 – 38 Sigurdsson, 3:1 – 57 Ozil, 3:2 – 66 Baston.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Uolkott, Kasorla, Sanches (Oksleyd-Chemberlen, 82), Ozil (Gibbs, 83), Ivobi (Koklen, 68), Chaka.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Teylor, Noton, Amat, Sigurdsson, Kork (Ki Son Yen, 71), Rautledj, Fer, Barrou (Ranxel, 83), Britton (Baston, 60).
Ogohlantirish: Teylor (48).
Chetlatish: Chaka (70).

Vest Bromvich – Tottenhem 1:1
Gollar: 1:0 – 82 Shadli, 1:1 – 89 Alli.
Vest Bromvich – Foster, Douson, Evans, Nom, Makoli, Fletcher, Yakob, Shadli, Fillips (Brant, 69), Makkleyn, Rondon.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld (DayYer, 60), Devis, Uoker, Vertongen, Eriksen, Vanyama, Alli, Sissoko (Dembele, 65), Lamela (Son Xyn Min, 72), Yanssen.
Ogohlantirishlar: Makkleyn (44), Vertongen (54), Dembele (86), Evans (90).

Stok Siti – Sanderlend 2:0
Gollar: 1:0 – 8 Allen, 2:0 – 45 Allen.
Stok Siti – Grant, Martins Indi, Kemeron, Piters, Shoukross, Allen (Munesa, 75), Shakiri, Arnautovich, Uelan, Bardsli (Adam, 65), Boni (Uolters, 76).
Sanderlend – Pikford, Jilobodji, O′Shi, van Anxolt (Djons, 40), Makneyr (PiYenar, 55), Ndong, Roduell (Anichebe, 81), Xazri, Uotmor, Mankilo, Defo.
Ogohlantirishlar: Arnautovich (55).

Bornmut – Hall 6:1
Gollar: 1:0 – 5 Deniels, 1:1 – 34 Meyson, 2:1 – 41 Kuk, 3:1 – 45, penalti Stanislas, 4:1 – 65 Stanislas, 5:1 – 83 Uilson, 6:1 - 88 Gossling
Bornmut – Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Uilsher (Gosling, 79), Serman, Arter, Stanislas, Ayb (King, 62), Uilson.
Hall – Marshall, Devis, Maguayr, Robertson (Diomande, 63), Al-Muxammadi, Klukas, Livermor, Snodgrass, Meyson (Meyler, 78), Melouni (Xaddlstoun, 55), Kin.
Ogohlantirishlar: Klukas (19), Snodgrass (44), Robertson (59).

APL, 8-tur. «Manchester Siti» va «Tottenhem» ochko yo'qotdi, «Arsenal» safarda g'alabaga erishdi

Manba: Kun.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн