Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

FIFA yil oxirigacha JCh ishtirokchilari soni qancha bo'lishini belgilab oladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 44           Дата: 14-10-2016, 20:00          
FIFA yil oxirigacha JCh ishtirokchilari soni qancha bo'lishini belgilab oladi

FIFA 2026 yilgi mundial ishtirokchilari sonini 40 yoki 48taga oshirish imkoniyatini ko'rib chiqadi. Bu haqda tashkilot rahbari Janni Infantino jurnalistlarga ma`lum qilgan.

Jahon birinchiligi formatini o'zgartirish taklifi Tsyurixda juma kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda ko'rib chiqildi.

Bu boradagi yakuniy qaror 2017 yilning 9 yanvarida o'tkaziladigan navbatdagi yig'ilishgacha qabul qilinadi.

"Aniqlashtirib olishimiz uchun yanvargacha vaqtimiz bor. Biz o'tgan oylar davomida shu masala ustida ishladik. Biz futbol taraqqiyoti uchun shu ishni qilishimiz kerak. Mening fikrimni hamma biladi, saylovoldi kampaniyasi davrida buni bot-bot takrorlaganman", degan Infantino.

JCh ishtirokchilari sonini oshirish g'oyasi o'z vaqtida portugaliyalik futbol yulduzi Luish Figu tomonidan ilgari surilgandi. FIFA rahbarligi uchun nomzod bo'lgan Figu mundial ishtirokchilari sonini 32tadan 40ta yoki 48tagacha oshirish taklifini bergandi. Keyinroq, o'sha vaqtda UYeFA bosh kotibi, hozirda FIFA prezidenti bo'lgan Janni Infantino ham bu taklifni qo'llab-quvvatladi.

Jahon chempionatlarida 1998 yildan buyon 32tadan terma jamoa qatnashib kelmoqda. Ungacha, 1982 yildan buyon ishtirokchi terma jamoalar soni 24tadan bo'lgan. 1930 yilda Urugvayda o'tkazilgan ilk turnirda 13ta milliy terma jamoa g'oliblik uchun kurashgandi.

2018 va 2022 yillarda Rossiya hamda Qatarda bo'lib o'tadigan mundiallarda 32tadan terma jamoa ishtirok etadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн