Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

JCh-2018 saralashida uchinchi murabbiy Babayan jamoasi «qurboniga aylanishi» mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 123           Дата: 13-10-2016, 17:08          
JCh-2018 saralashida uchinchi murabbiy Babayan jamoasi «qurboniga aylanishi» mumkin

O'zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 3-saralash bosqichida g'alabali odimini davom ettirsa, yana bir murabbiy ishdan olinishi mumkin.

Ayni vaqtda Koreya matbuoti terma jamoaning ishonchsiz o'yinlaridan darg'azab holatda.

Janubiy Koreya saralashning oxirgi bosqichi, 4-turida Eronga yutqazgach, guruhda uchinchi o'ringa tushib qoldi.

E-Daily nashri shunday so'zlar bilan tanqidlar yomg'irini boshlab bergan: “Bizning Rossiyaga borishimiz jahlni chiqarar darajaga Yetdi. Hali JCh saralashining yarmiga ham Yetmasdan bosh og'ritib hisob-kitob qiladigan holatdamiz”.

Agar 15 noyabr kuni Seulda o'zbeklarga Yengilsak – oradagi ochkolar farqi 5taga Yetadi va biz JCh bilan deyarli xayrlashamiz. 2017 yilgi 5 o'yinimizdan 3tasi safarda o'tadi. O'zbekistonga qarshi o'yinda natija qoniqarli bo'lmasa, bosh murabbiy Uli Shtilike iste`foga chiqarilish ehtimoli juda yuqori bo'ladi. Futbol Assotsiyatsiyamiz ham vaziyatni o'nglash uchun “qo'lda pichoq ushlab turibdi”. Bizni xotirjam qiladigani shuki, shu vaqtgacha O'zbekistonga qarshi o'yinlarda doimo zafar quchganmiz. Lekin 9 ochko jamg'argan o'zbeklarni mensimaslik ham yaxshi emas. Terma jamoamiz 7 noyabr kuni yig'ilib, 10 noyabr kuni Kanadaga qarshi o'rtoqlik o'yini orqali O'zbekistonga qarshi tayyorgarlik ko'radi. Xullas, koreys futbolining tovoniga cho'g' qadalib turibdi”, deya nashr so'zlarini keltirgan stadion.uz nashrining Janubiy Koreyadagi muxbiri Otabek Yo'ldoshev.

Herald nashri esa o'z maqolasiga “Uli Shtilike, O'zbekistonga yutqazsang tamom!”, deya sarlavha qo'ygan.

Sports Choson nashri alam bilan shunday yozmoqda: “Rossiyaga ketish yo'lida bulutlar ostida qoldik. Boshqa ag'anashga haqqimiz yo'q. Terma jamoaning o'yini faqatgina Eronga qarshi emas – Xitoy, Qatar va Suriyaga qarshi o'yinlarda ham chiqmaganligi aniq ravshan. Qisqasi, terma jamoa jar yoqasiga keldi. Shunday holatda raqib O'zbekiston! 15 noyabr kuni 2-o'rin uchun qattiq jang bo'lishi aniq”.

Shuningdek, Daily Sports, Joy News kabi nashrlar ham koreyslarning germaniyalik murabbiyini ayamay tanqid qilmoqda. Deyarli barcha nashrlar bosh murabbiyning vaziyatni o'nglay olishiga ishonqiramay qaramoqda.

Qolaversa, jamoa ichida muhit ko'ngildagidek emas. Gap shundaki, murabbiy Eronga qarshi mag'lubiyatli o'yindan keyin terma jamoa futbolchilarini kamsituvchi so'zlar aytishdan tiyila olmagan. Xususan u shunday degan: “Afsus, safimizda Sebastyan Soriyadek hujumchi yo'q-da”.

JCh-2018 saralashida uchinchi murabbiy Babayan jamoasi «qurboniga aylanishi» mumkin

Terma jamoaning asosiy hujumchilaridan biri Kim Shin Uk murabbiy bilan alohida gaplashib olingani, endi faqat oldindagi o'yinda g'alaba qozonishni o'ylash kerakligini ta`kidlagan.

“Albatta, bosh murabbiyning bu gaplaridan hayron qolgan edik. Shundan so'ng u bilan alohida suhbatlashib, vaziyatga oydinlik kiritib oldik. Ayniqsa, xorijda to'p suradigan jamoadoshlarim murabbiyimizning gaplaridan qattiq ranjishdi. Ammo hozir hammasi joyida. Biz hammamiz bir jamoa bo'lib, O'zbekistonni mag'lub etish ustida bosh qotiryapmiz”, degan futbolchi.

JCh-2018 saralashida uchinchi murabbiy Babayan jamoasi «qurboniga aylanishi» mumkin

Agar bu iste`fo ro'y bersa, Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi JCh—2018 saralashida uchinchi murabbiy iste`fosiga sabab bo'lgan hisoblanadi.

Bungacha Dohada Qatar milliy terma jamoasi mag'lub etilganidan keyin Xose Daniel Karrenoga chiqish eshiklari ko'rsatib qo'yilgandi. Toshkentda Xitoy darvozasiga ikkita gol urilganidan keyin esa Gao Xunbo stadionning o'zidayoq iste`fo berdi.

Manba: Kun.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031