Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sergey Bubka O'zbekistonga tashrif buyurdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 93           Дата: 13-10-2016, 13:45          
Sergey Bubka O'zbekistonga tashrif buyurdi

Jahon sportining tirik afsonasi Sergey Bubka O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi ijroiya qo'mitasi a'zosi, Butunjahon yengil atletika federatsiyasi vitse-prezidenti hamda Ukraina Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Sergey Bubka O'zbekistonga tashrif buyurdi.
Sergey Bubka O'zbekistonga tashrif buyurdi

Sergey Nazarovich Bubka — langarcho'p bilan sakrash bo'yicha taniqli sportchi, 6 metrdan balandroqqa sakragan birinchi inson, 1988 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni, olti karra jahon chempioni (1983, 1987, 1991, 1993, 1995, 1997). Faoliyati davomida 35 marotaba jahon rekordlarini o'rnatgan.
MOQ matbuot xizmatining xabar qilishicha, Sergey Bubka Milliy olimpiya qo'mitasi binosiga Osiyo yengil atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Aleksey Kondrat hamda O'zbekiston yengil atletika federatsiyasining bosh kotibi Yevgeniy Nujdin hamrohligida tashrif buyurdi.
Sergey Bubka O'zbekistonga tashrif buyurdi

Martabali mehmon MOQning yangi binosi, kichik muzey va Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini ko'zdan kechirdi. Shundan so'ng ikkala tomon o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unda O'zbekiston va Ukraina Milliy olimpiya qo'mitalari sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport tibbiyoti masalalarida tajriba almashish masalalari o'rin olgan.

Muzokaralar chog'ida Sergey Bubka va Aleksey Kondrat O'zbekistonda yengil atletika bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqani o'tkazish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Sergey Bubka O'zbekistonga tashrif buyurdi

Sergey Bubka O'zbekistonda sport sohasida olib borilayotgan siyosatga yuqori baho berib, mamlakat sportchilarining XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida erishgan natijalariga alohida to'xtalib o'tdi. Mehmon Rio-de-Janeyroda qo'lga kiritilgan bu muvafaqiyatlar zamirida O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xizmatlari ulkan ekanini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, Sergey Bubka bunga qadar 2014 yilning bahorida O'zbekistonga tashrif buyurgan edi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн