Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Futbol yulduzlarining farzandlari futbol maydonlarida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 72           Дата: 12-10-2016, 13:05          

Ronaldu, Runi, Totti...bu ro'yhatni davom ettirish mumkin. Bu familiyalarni eshitmagan, bilmagan futbol muhlisini topish amri mahol. Ammo, kelajakda, ular katta sportni tark etishganda ulardek va ayni familiyada yangi yulduzlar paydo bo'lishi ehtimoli katta, desak hato bo'lmaydi. Chunki, ularning o'g'illari ham yoshligidan mahoratli futbol maktablarida tajriba orttirishmoqda. Demak, quyida e`tiboringizga futbol yulduzlarining farzandlari haqida qisqacha ma`lumotlarni havola etamiz.

Kay Runi, «Manchester Yunayted»

Futbol yulduzlarining farzandlari futbol maydonlarida

«Lester» jamoasi Angliya chempioni bo'lganida Runining o'g'li otasidan JYeymi Vardi futbolkasini harid qilishini so'ragan. «Manchester Yunayted» Yetakchisining o'g'li ishonchini o'zgartirib, «iblislar»ga muhabbat qo'yishiga olti oygina vaqti bor edi. Endilikda olti yoshli kichik Runi «MYu»ning bolalar jamoasi o'yinchisi va bu Yerda u JYeysi Kerrik bilan birga o'ynamoqda.

Vladimir Berezutskiy, TsSKA

Futbol yulduzlarining farzandlari futbol maydonlarida

TsSKA bosh direktori Roman BabaYev interv'yulardan birida aytganidek, Vasiliy Berezutskiy 6 yoshli o'g'liga markaziy himoyachi bo'lmaslikni tavsiya qilishi haqida so'zlab bergan edi.

Vasiliy shunday degan: «O'g'lim, bu yahshi tanlov emas. Yomon joy. Chunki, sen katta bo'lganingda, termada va TsSKA jamoasining bu ampluasida hamon men Ignashevich bilan o'ynayotgan bo'laman. Bu joylar band, sen boshqa yahshiroq joyni tanla».

Mille Vernblum, TsSKA

Futbol yulduzlarining farzandlari futbol maydonlarida

Yana bir «armiyachi» Pontus Vernblum ham o'z o'g'li uchun TsSKA akademiyasini tanladi. Besh yashar Mille yaqinginada qizil-ko'k libosda o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Bu haqda, uning onasi Nina „Instagram“dagi sahifasida e`lon qilgan edi.

Bernardu va Frasishku Danni, «Zenit»

Futbol yulduzlarining farzandlari futbol maydonlarida

Dannining 2015 yilda «Zenit»dan ketish ehtimoli asosiy tarkib uchun emas, balki Peterburg akademiyasi uchun “fojia” bo'lishi mumkin edi. Bu Yerda, egizak Dannilar 12 yoshli Bernardu va Fransishkular to'p suradi. Ularning ikkisi ham otalari kabi yarim himoyachilar va maydonda hamda kiyinish honasida ham Yetakchilardir. Yaqinda ular Rossiya fuqaroligini rasmiylashtirishgan bo'lib, «Zenit» bosh direktori Maksim Mitrofanovning aytishicha, ular Piter jamoasi uzoq vaqt qolish imkoniyatiga ega.

Kichik Krishtianu Ronaldu, «Posuelo-de-Alarkon»

Futbol yulduzlarining farzandlari futbol maydonlarida

Messidan farqli ravishda Ronaldu bir necha marotaba o'g'lida superyulduzni voyaga Yetkazishini bir necha marotaba ta`kidlagan. Kichik Krishtianu o'zining futbolchilik faoliyatini Ispaniya bolalar chempionatining to'rtinchi divizionida boshladi. U bir hafta muqaddam, «Posuelo-de-Alarkon» jamoasi to'p surib, ilk golini kiritdi va uni otasi uslubidek nishonladi. Katta Ronaldu o'g'lining o'yinlarini kuzatib, unga hatto to'plarni uzatib turgan.

Et'Yen Eto’O, «Mal'orka»

Futbol yulduzlarining farzandlari futbol maydonlarida

Eto’O Turkiyada futbolchilik faoliyatini tugatayotgan bir vaqtda, uning o'g'li Et'Yen Eto’O otasi dong taratgan Ispaniyada katta futbol bilan tanishishni boshlab yuborgan. Kichik Eto’O «Mal'orka»ning o'smirlar jamoasida to'p surmoqda. Bu Yerda, Samuel' 16 yil avval to'p surgan edi.

Kristian Totti, «Roma»

Futbol yulduzlarining farzandlari futbol maydonlarida

«Roma» sardori nomi kelgusida ham Totti bo'lib qoladigan ko'rinadi. Franchesko faoliyatini tugatayapti, ammo uning o'rnini o'g'li Kristian egallashi mumkin. Hozirda, 10 yoshli bolakay «Roma»ning bolalar jamoasida to'p surmoqda va «Latsio»ni unutayapti.

«O'g'lim malakasini ancha oshirayapti. Avvallari u ancha o'yinqaroq edi, ko'proq hursandchilik haqida o'ylar edi. U hamon quvnoqlikni yoqtiradi. Aytishim mumkinki, ba`zan unda o'zimning yoshligini ko'raman. Unga futbol o'ynash, mashg'ulotlarga borish yoqadi. Ammo, otasi uning yoshida o'ynaganchalik yahshi o'ynamayapti», — deya hikoya qilgan Totti o'g'li haqida.

Manba: Kun.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн