Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston jamoasi dzyudo bo'yicha o'tkazilgan halqaro turnirda birinchi o'rinni egalladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 131           Дата: 12-10-2016, 01:02          
O'zbekiston jamoasi dzyudo bo'yicha o'tkazilgan halqaro turnirda birinchi o'rinni egalladi

Toshkentdagi “O'zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo'yicha o'tkazilgan Gran-pri turkumiga kiruvchi halqaro turnirda O'zbekiston terma jamoasi a`zolari 6 oltin, 3 kumush va 11 bronza medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Bu haqda O'zA habar bermoqda.

O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi, Halqaro dzyudo federatsiyasi, qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda to'rtinchi bor tashkil etilgan nufuzli musobaqada dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 135 sportchi o'n to'rt vazn toifasida sovrinli o'rinlar uchun kurashdi.

Vazni 60 kilogrammgacha bo'lgan dzyudochilar bahsida Muhriddin Tilovov rossiyalik Sayan Hertek, qirg'izistonlik Otar BestaYev, qozog'istonlik Baurjan JauntaYev va sloveniyalik Matiaz Trbovichni Yengib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Ushbu vaznda qatnashgan Sharofiddin LutfullaYev uchinchi o'rinni egalladi.

Vazni 73 kilogrammgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi hal qiluvchi bellashuvda Mirzohid Farmonov va G'iyosjon BoboYev o'zaro kuch sinashdi. Finalga qadar Mirzohid ozarbayjonlik Mushfiq Yusubov, sloveniyalik Martin Hojak va rossiyalik Vali KurjYevni Yenggan, G'iyosjon esa qozog'istonlik Yeldos Jumakanov va ozarbayjonlik Hidoyat Haydarovni mag'lubiyatga uchratgan. Ikki sportchimiz o'rtasidagi hal qiluvchi bellashuv Mirzohidning g'alabasi bilan yakunlandi. G'iyosjon esa kumush medalni qo'lga kiritdi. Ushbu vazn toifasida qatnashgan yana bir sportchimiz Muso Sobirov esa bronza medal' bilan taqdirlandi.

Vazni 81 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar bahsida Davlat Bobonov qozog'istonlik Yernazar Hamzin, qirg'izistonlik Vladimir ZoloYev, ozarbayjonlik Rufat Ismoilov va yaponiyalik Hayato Vatanabeni Yengib, turnir g'olibi bo'ldi.

Vazni 90 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar bellashuvida Yahyo Imomov oltin, Davronbek Sattorov kumush, Muhammadkarim Hurramov bronza medalni qo'lga kiritdi.

100 kilogrammgacha og'irlikdagi sportchilar bellashuvida Soyib Qurbonovga teng keladigan raqib topilmadi. Erkin Doniyorov shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi. Vazni 100 kilogrammdan og'ir bo'lgan polvonlar o'rtasida Boltaboy BoltaYev bronza medal' bilan taqdirlandi.

Hotin-qizlar o'rtasida vazni 70 kilogrammgacha bo'lgan dzyudochilar bahsida Gulnoza Matniyozova barcha raqibini mag'lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. O'z vazn toifasida Diyora Keldiyorova kumush, Nodira Gulova, Muqaddas KubeYeva, Guloyim JumaboYeva, Sanobar Sultonova, Kumush Yo'ldosheva va Rahima Yo'ldosheva bronza medalini qo'lga kiritdi.

Manba: Kun.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн