Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Osiyo o‘yinlari. 3ta oltin, 1ta kumush, 1ta bronza bilan 9-o‘rindamiz!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 88           Дата: 1-10-2016, 07:05          
Osiyo o‘yinlari. 3ta oltin, 1ta kumush, 1ta bronza bilan 9-o‘rindamiz!

O‘z tarixida beshinchi bor o‘tkazilayotgan qit’a o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham bir nechta sport turlarida ishtirok etyapti. Kecha o‘tkazilgan bahslardan so‘ng terma jamoamiz hisobidagi medallar soni 5taga yetdi. Shulardan 3ta oltin, bittasi kumush, bittasi bronza medalidir. Bu haqda "Olamsport" sayti xabar berdi.

Kecha sambo bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada sportchilarimiz bittadan oltin va bronza medalini terma jamoamizga taqdim etishdi. -90 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Ikromjon Yo‘ldoshev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ayollar o‘rtasidagi 56 kg vazn toifasidagi bahslarida ishtirok etgan Malikabonu Mirzayeva bronza medali bilan taqdirlandi. Musobaqalar yakunlanishiga bir kun qolgan bir paytda terma jamoamiz 5ta medal bilan umumjamoa hisobida 11-o‘rindan 9-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

37ta oltin, 32ta kumush, 36ta bronza, jami 105ta medal jamg‘argan Vetnam terma jamoasi hamon katta farq bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi o‘rindan joy olgan Tailand terma jamoasi hisobida 29ta oltin, 21ta kumush, 27ta bronza medali bor. Kuchli uchlikka 11ta oltin, 16ta kumush, 16ta bronza medalini jamg‘argan Xitoy terma jamoasi yakun yasagan.

Kuchli o‘ntalikdan Eron, Iordaniya, BAA, Mo‘g‘uliston, Kambodja va Qatar terma jamoalari o‘rin olishgan. Jami 25ta mamlakat terma jamoalari hisobida kamida bittadan oltin medal bor. O‘ttiz beshta terma jamoa esa kamida bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamizga musobaqaning ilk kunlarida uch nafar kurashchimiz 2ta oltin va bitta kumush medalini taqdim etishgandi. -66 kg vazn toifasida Mirjon To‘xtayev, -73 kg vaznda Suhrob Xudoyberdiyev Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylanishgan bo‘lsa, -81 kg vazn toifasidagi vakilimiz Muhammadali Shamsiddinov kumush medal bilan taqdirlangandi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031