Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston terma jamoasi Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 167           Дата: 29-09-2016, 16:28          
O‘zbekiston terma jamoasi Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi rasmiy o‘yinlar oldidan o‘zining navbatdagi yig‘inini boshladi. Bu haqda "Kun" sayti xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 6 hamda 11 oktyabr kunlari JCh-2018 3-saralash bosqichida navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamosi dastlab, 6 oktyabr kuni Toshkentda Eronni qabul qilsa, 11 oktyabr kuni Toshkentda Xitoy bilan o‘ynaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bugun boshlangan yig‘inga jami 25 nafar futbolchini jalb etgan. Bu safargi tarkibdan avvalgi o‘yinlarda terma jamoaga chaqirilmagan "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham o‘rin olgan. Terma jamoa bosh murabbiyi Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlar uchun yakuniy tarkibni Toshkent yig‘ini yakunida e’lon qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasining Toshkentdagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Yegor Krimets (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”, Xitoy), Stanislav Andreyev (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Aziz Haydarov (“Ash Shabob”, BAA), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboyev (“Buxoro”), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”).

Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston).


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн