Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tashkent Open: Ikkinchi davra ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 98           Дата: 28-09-2016, 16:23          
Tashkent Open: Ikkinchi davra ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Tashkent Open juftlik bahslarida O‘zbekistonning uch vakilasi ishtirokini davom ettiradi.

Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA)ning xalqaro Tashkent Open musobaqasi to‘rtinchi kuni (27 sentyabr)da yakkalik bahslarda ikkinchi davraning barcha ishtirokchilari nomi aniqlandi, juftlik bellashuvlarida esa o‘ynalmagan bir uchrashuv qoldi.
Birinchi davrada gruziyalik Sofiya Shapatova Tashkent Open`ning uchinchi raqamli raketkachisi Chagla Byuyukakxay (Turkiya) bilan bahs olib bordi va raqibasini 6/1 6/4 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi.
Britaniyalik Naomi Broudi esa shveysariyalik Amra Sadikovichdan 6/4, 7/5 hisobida ustun keldi.
Yaponiyalik Risa Odzaki va bolgariyalik Elitsa Kostova uchrashuvi 2 soatu 15 daqiqa davom etdi. Birinchi setda mag‘lub bo‘lgan yapon tennischisi uchrashuv oxirida 2:1 — 3/6 6/4 6/1 hisobi bilan g‘alabani naqd qildi.

Birinchi davraning so‘nggi uchrashuvlari natijalari
Tashkent Open: Ikkinchi davra ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

[LL] Sofiya Shapatayeva (Gruziya) vs. Chagla Byuyukakchay (Turkiya) — 6/1 6/4;
Francheska Skyavone (Italiya) vs. [7] Sorana Kirstya (Ruminiya) — 7/5 6/2;
Katerina Kozlova (Ukraina) vs. [WC] Donna Vekich (Xorvatiya) — 6/1 7/6(3);
[8] Naomi Broudi (Buyuk Britaniya) vs. Amra Sadikovich (Shveysariya) — 6/4 7/5;
[6] Lesya Surenko (Ukraina) vs. Yevgeniya Rodina (Rossiya) — 6/0 6/2;
[2] Kirsten Flipkens (Belgiya) vs. Ana Bogdan (Ruminiya) — 7/6(7) 6/3;
Risa Odzaki (Yaponiya) vs. Yelitsa Kostova (Bolgariya) — 3/6 6/4 6/1;
Patricha Mariya Tig (Ruminiya) vs. Vitaliya Dyachenko (Rossiya) — 4/6 6/4 6/3;
[Q] Ipek Soylu (Tursiya) vs. Silviya Soler-Espinosa (Ispaniya) — 6/0 6/2;
Irina Xromacheva (Rossiya) vs. Tereza Martinsova (Chexiya) — 4/6 6/3 6/3;
Kristina Pliskova (Chexiya) (CZE) vs. Sara Sorribes Tormo (Ispaniya) — 6/3 3/6 6/4.
Juftlik bahslarida O‘zbekiston vakilasi Polina Merenkova ukrainalik Dayana Yastremska bilan Nao Xibino (Yaponiya) va Pratana Tombare (Hindiston) juftligiga qarshi kortga chiqib, uch set yakuniga ko‘ra 4/6 6/3 10/8 hisobida g‘alaba qozondi.

Juftlik bellashuvlari yakunlari
Tashkent Open: Ikkinchi davra ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

[WC] Polina Merenkova (O‘zbekiston) / Dayana Yastremska (Ukraina) vs. Nao Xibino (Yaponiya) / Pratana Tombare (Hindiston) — 4/6 6/3 10/8;
[2] Nikol Melichar (AQSH) / Varatchaya Vongtinchay (Tailand) vs. Lenka Kunsikova (Chexiya) / Karolina Stushla (Chexiya) — 6/4 6/2;
[3] Demi Shuurs (Gollandiya) / Renata Vorachova (Chexiya) vs. Aleksandra Pavlova (Rossiya) / Yevgeniya Rodina (Rossiya) -3/2.

28 sentyabr kuni juftlik bahslarida Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova bahslarni davom ettiradi.
Manba; gazeta.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн